6. II. Maqolalarning mazmuniga qo‘yiladigan
talablar
• 2.1. Maqola ilmiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bo‘lishi yoki
mustaqil ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u
ilmiy uslubda bayon etilishi lozim.
• 2.2. Maqolada kichik bir ilmiy muammo ko‘tariladi va ilmiy-nazariy,
ilmiy-amaliy yoki ilmiy-metodik jihatdan muammoning yechimi hal
qilinadi.
• 2.3. Maqola quyidagi tuzilma(struktura)ga rioya qilingan holda
yozilishi tavsiya qilinadi:
7. II. Maqola mazmuniga quyidagi talablar
qo‘yiladi:
• 2.1. Maqola mazmun-mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original bo‘lishi
kerak.
• 2.2. Maqola barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental g‘oyalarni tatbiq etishga
bag‘ishlanadigan bo‘lsa, mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning
takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni,
nazariy va amaliy ahamiyati isbotlab berilishi talab qilinadi.
• 2.3. Maqola ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga bag‘ishlanadigan
bo‘lsa, ularning yangilik darajasi hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning samaradorligi o‘tkazilgan
tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi zarur.
• 2.4. Maqola pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, demografiya va tarix fanlariga
bag‘ishlanadigan bo‘lsa, unda o‘rganilayotgan manbalardagi fikr va qarashlar rivojlanayotgan fan va
ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘lanib, unga hozirgi davr uchun ahamiyati nuqtayi nazardan
yondashilishi lozim.
8. III. Maqolani rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar
• 3.1. Muallif familiyasi va ismi sahifa boshining o‘ng tomoniga 14 keglda qalin kursiv harflar bilan, uning ish joyi
esa qalin bo‘lmagan kursiv bilan yoziladi va elektron pochtasi ko‘rsatiladi, 3,5 x 4,5 hajmdagi rasmi beriladi.
• 3.2. Maqola nomi 14 keglda bosh harflar bilan sahifa boshining o‘rtasiga joylashtiriladi.
• 3.3. Maqola matni 14 keglda yoziladi.
• 3.4. Qog‘oz formati: yuqoridan va pastdan 2 sm., chap tomondan 3 sm., o‘ng tomondan 1,5 sm. qoldiriladi.
• 3.5. Satrlar oralig‘i – 1,15 interval.
• 3.6. Havolalar sahifa tagida beriladi, unda adabiyotning muallifi, nomlanishi, nashriyotning qaysi shaharda
joylashganligi, nashriyot nomi (ular qaysi til va yozuvda bo‘lsa, shu til va yozuvda keltiriladi), nashr yili, fikr
olingan yoki asoslangan sahifasi ko‘rsatiladi hamda o‘rnatilgan tinish belgilari tizimiga amal qilinadi. Namuna:
• Қуронов М. Биз англаётган ҳақиқат. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 152 б.
• Botcheva, L., Shih, J., Huffman, L. C. Emphasizing Cultural Competence in Evaluation:
A Process-Oriented Approach // American Journal of Evaluation. 2009. Volume 30. №2. – P. 176-188.
9. III. Maqolani rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar
• 3.7. Maqola muallif, maqola nomi, o‘zbek tilida annotatsiya, tayanch
tushunchalar, ingliz tilida annotation, keywords va rus
tillarida аннотация, ключевые слова matn izchilligida rasmiylashtiriladi.
Annotatsiyalar 2,3 gap hajmida, tayanch tushunchalar 10-15 so‘zdan iborat
bo‘lishi lozim. Jadvallar, chizmalarning raqamlari va yozuvlari ularning ust
qismi o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
• 3.8. Maqola 8-10 sahifa hajmida qabul qilinadi.
• 3.9. Tahririyatga maqolaning qog‘oz va elektron variantlari topshiriladi.
10. IV. Maqolalarni ekspertizadan o‘tkazish
• 4.1. Maqola jurnalning yuqoridagi talablari asosida Mas’ul kotib tomonidan uni
qabul qilib olish bo‘yicha dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi.
• 4.2. Jurnalga taqdim etilgan maqolalar maxsus daftarga qayd qilinadi va 5 ish kuni
ichida ekspertlarga taqriz uchun beriladi.
• 4.3. Jurnalga kelib tushgan maqolalar tegishli sohaning yetuk mutaxassisi tomonidan
elektron yoki yozma taqrizi asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Bunda ekspertning
konfidensialligi saqlanadi.
• 4.4. Ekspertiza xulosasi asosida nashrga tavsiya qilinmagan maqolalar mualliflarga
qaytarilmaydi.
11. Annotatsiya
• Annotatsiya – maqola yoki nashr haqidagi qisqa axborot;
• hujjat; uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi,
• mazmuni, shakli va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai
• nazaridan tavsifnomasi.
• Annotatsiya – boshlang‘ich ma’lumot sifatida, hujjatda nima
• haqida so‘z borishiga javob beradi.
13. • ---Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning milliy va xalqaro taraqqiyot darajasi va tanlangan
muammoning dolzarbligi aks ettiriladi.
• Maqsad va uni asoslash. Maqoladan ko‘zlangan maqsad yoritilgani holda, tanlangan
muammoning fandagi shu muammolar tizimida o‘rganilganlik darajasi hamda umumiy
muammolar ichidan tanlangan muammoning o‘ziga xos xususiyati ta’kidlanadi.
• Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Bunda ilmiy manbalar hamda tadqiqot jarayonida
to‘plangan ilmiy-nazariy va amaliy faktlar har tomonlama tahlil va tavsif qilinadi, shuningdek,
tayyorlangan tajriba-sinov natijalari, ko‘rgazmali (illustratsion) material bilan
mustahkamlanishi mumkin.
• Yakuniy qism. Unda ilmiy bayon etilgan muammo bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyati
yuzasidan xulosa qilinadi.
Kirish
14. Eslatmalar:
• Maqoladagi faktlarning ishonchliligiga muallif mas’uldir.
• Muallif plagiat ma’lumotlari hamda mualliflik huquqlarini buzganligiga tegishli tartibda
qonun hujjatlari doirasida javobgardir.