2. REJA:
• 1. Idrok haqida tushuncha
2. Idrokning predmetligi va yaxlitligi
3. Idrokning konstantligi va anglaganligi
4. Appertseptsiya
5. Idrokning turlari
6. Hayol haqida tushuncha
7. Hayol turlari
8. Hayol jarayonlarning yaratilishi
9. Bolalarda hayolni rivojlantirish
3. IDROK HAQIDA TUSHUNCHA
• Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni;
organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi
vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
• Idrok ongning, miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh
miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu
faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati
bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq.
4. IDROKNING PREDMETLIGI VA YAXLITLIGI
• • Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish harakatlarni boshqarishda alohida rol
o'ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni ana shu
olamning o'ziga solishtirib ko'riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat
(mosligi) taminlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan hollarda
qolgan xollarda odam toʻgʻriroq aks ettirishni tasvirlovchi idrokning yangi usullarini
qidirishga majbur bo'ladi.
5. IDROKNING KONSTANTLIGI VA
ANGLAGANLIGI
• Idrokning yaxlitligi.
• Yuqorida koʻrsatganimizdek, idrok sezgi a'zolariga
ta'sir qiluvchi narsa va hodisalarning ayrim
xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli
ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O'z-o'zidan
ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar
orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari
haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga
keladi
6. APPERTSEPTSIYA
Idrok, uni yuzaga keltirgan qo'zg'atuvchi bilan
birgalikda idrok qilinayotgan subyektning o'ziga
tegishli bir qator omillarga ham bog'liq. Yakka holda
olingan ko'z, quloq idrok qila olmaydi, balki tirik
odam idrok qila oladi. Konkret tirik odamning
doimo turli qiziqishlari, ehtiyojlari, xohishi,
xissiyotlari, munosabati boʻlib, ular idrok jarayoniga
ta'sir qiladi. Idrokning odam hayoti mazmuniga va
odam shaxsining xususiyatlariga bog'liqligi
appertseptsiya deb yuritiladi.
7. IDROKNING TURLARI
• Idrok quyidagi turlarga bo’linadi;
• Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga
qarab; ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat
idroklariga;
• Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni
idrok qilishga;
• Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi
8. HAYOL HAQIDA TUSHUNCHA.
Hayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu
asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki
g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
• Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch
kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson
ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan
hodisalar, dalillar, voqealardir.
9. HAYOL TURLARI.
• Xayol ozining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini
faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol
faoliyatning ornida, yani soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam ogir
ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, oz xatolaridan qochishga harakat
qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib
ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bolmaydigan ish-harakat
rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV
XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda
yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv
xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida
shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish
hollari koproq bolsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi
11. HAYOL JARAYONLARNING
YARATILISHI.
• Insonlar borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina
qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira
olishni bilish bilan birga Hayolni ham o`zgartira bilish lozim.
• Hayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud
bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Hayolning funktsiyasi – o`tgan
tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz Hayol mavjud bo`lishi va
yaratilishi mumkin emas.
12. BOLALARDA HAYOLNI YARATILISHI.
• Bolalar xayolining xususiyatlari.Yangi tug'ilgan chaqaloq bolalarda hali ham bulmaydi. Xayolning
rivolanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasavvurlar zaxirasi hamda juda kyp bilimlar kerak bo'ladi.
Tajriba esa bolaning tashki olamdagi narsa va hodisalarni o'zi kursatishi, voqelik hamda turli sohalarga
doir tasavvur xosil kilishi, katta odamlar bilan keng munosabatda bo'lishi natijasida ortib boradi.Xayol
jarayonining dastlabki kurinishlari bolada ikki yoshga tulib, uch yoshga kadam kuyganida kurina
boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda kyrinadigan dastlabki ham ma'lum bir maqsadni kuzlam ay digan
ixtiyorsiz xayoldir.Til chikishi bolalarda ham Jarayonining usishiga ta'sir kursatadi. Ana shu davrdan
boshlab, bola tevarak-atrofdagi kishilarning so'zini yaxshi tushunadigan bo’ladi.