SlideShare a Scribd company logo
1 of 78
Mavzular:
1. Somoniylar davlat tuzilishi.
2. Somoniylar shajarasi.
3. Qoraxoniylar shajarasi.
4. G’aznaviylar shajarasi.
5. Saljuqiylar shajarasi.
6. Xorazmshohlar shajarasi.
7. Jaloliddin Manguberdi.
8. Temur davlatining tuzilishi.
9. Temuriy hukmdorlar.
10. Ulug’bek davri olimlari.
1. Somoniylar davlati
Poytaxti
Samarqand,
Buxoro
Tili Fors
Dini Islom
Maydoni 2,850,000 km²
Somoniylar davlati tuzilishi
Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb
atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy ahli) va devonlar (harbiy
boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan,
Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining
vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng
mashhur vazirlardir. Somoniylarda vazir devonidan tashqari
10 ta devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon
maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning
boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va
din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab
va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va
dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday
odamlarni ahli qalam (qalam ahli) deb atashgan
 Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa
sipohsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir
oʻtkazib kelishgan. Somoniylarning soliqlardan kelib
tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan
boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida
xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga
sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda,
yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.
 XX asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar
quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand,
Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf,
Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston,
Guzganon, Gurjiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon.
Viloyatlarda boshqaruv hokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir
tomonidan tayinlangan.
Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914—943)
davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida
devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi ana shu maxsus
binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli,
ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan, shu bilan
birga muayyan bilimlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab,
fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy
qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor
boʻlgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta
asrlarning oʻziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy
anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-
muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy
boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha
devonlarning vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan
mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning
tegishli devoniga boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir
deb yuritilardi.
2. Somoniylar shajarasi
Koʻpchilik manbalar (Hudud al-olam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi
va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur
sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4-yoki 5-pog’onadagi avlodi
boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan
bogʻliq. U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.)
magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib ketgan va
turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda qolib
ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshohlar oilasiga mansub
deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy
taxtiga daʼvo qilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan
ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy
ismlari boʻlgan. Shunisi diqqatga sazovorki, turkiylarning
rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning
Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari qatorida tilga
olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim
maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri
Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy (725/727 va 735/738
yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli
yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini
yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va oʻgʻlining
ismini amirning sharafiga Asad qo’yadi. Asadning Nuh,
Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli o’gʻillari al-Maʼmunning
Marvdagi saroyida xizmatda bo’lgan va Rofe ibn Lays
qoʻzg’olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al-
Maʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi
(819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad —
Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos
esa Hirot amiri etib tayinlanadi.
Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat
uning avlodlari qoʻliga oʻtdi:
Ahmad ibn Ismoil (907—914 y.lar),
Nasr ibn Ahmad (914—943 y.lar),
Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar),
Abdulmalik ibn Nuh (954—961 y.lar),
Mansur ibn Abdulmalik (961—976 y.lar),
Nuh ibn Mansur (976—997 y.lar),
Mansur ibn Nuh (997—999 y.lar),
Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 y.lar).
Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar
sulolasining qoʻliga oʻtib, Somoniylar hokimiyati
tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil al-Muntasir
(1000—1005 y.lar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash
olib borib, Somoniylar hokimiyatini tiklashga urindi,
lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu
bilan bu sulola tarix sahnasidan butunlay ketdi.
Ammo ushbu davlat qoldirgan me’ros biz uchun juda
ulkan bo’lib, Somoniylar davlatchiligi milliy
davlatchiligimizning ilk ko’rinishi hisoblanadi.
Ismoil Somoniy
Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko
davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal
davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni
mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini
ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi.
933-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu
somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi.
Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz
bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab
kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino
qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan
va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq
masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti
Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan.
Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda
tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, —
deb aytgan ekan.
3. Qoraxoniylar shajarasi
 Sotuq Bug’roxon Abdulkarim (vafoti 955)
 Muso ibn Sotuq (vafoti 992)
 Sulaymon ibn Sotuq (X asr)
 Ali ibn Muso (Vafoti 998)
 Ahmad ibn Ali (vafoti 1017/18)
 Mansur ibn Ali
 Yusuf Qodirxon ( vafoti 1032)
 Sulaymon ibn Yusuf Qodirxon (1057-yilda o’ldirilgan)
 Muhammad ibn Yusuf Qodirxon (1057-yili o’ldirilgan)
 Ibrohim ibn Muhammad (1057/58 yili o’ldirilgan)
 To’g’rul Qaroxon Yusuf ibn Yusuf Qodirxon)
 Nasr ibn Ibrohim (1073-1079)
 Xizrxon (1079-?)
 Ahmad ibn Xizrxon (1095-yili o’ldirilgan)
 Ma’sud ibn Muhammad (1095-1097)
 Sulaymontegin
 Mahmudtegin
 Xoruntegin Muhammad ibn Sulaymon (1132-yili o’ldirilgan)
 Ibrohim ibn Sulaymon
 Xasantegin ibn Ali
 Mahmud ibn Muhammad (vafoti 1141/42)
 Ibrohim ibn Muhammad (vafoti 1156)
 Jaloliddin Ali ibn Xasantegin (1160-o’lgan)
 Ma’sud ibn Hasantegin (vafoti 1169/70-yili yoki keyinroq)
 Muhammad ibn Ma’sud ( vafoti 1173/74 yil)
 Ibrohim ibn Xusayn
 Usmon ibn Ibrohim (vafoti 1212/13-yil)
10-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh
yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil
topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar - qarluqlar,
chigillar, arg`ular, yag`molar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular
960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ro
boshchiligidagi qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga
bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan
Xurosonning somoniy hokimi Abu ali Simjur o`rtasida tuzilgan
hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab
bo`lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar,
amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo
Bug`raxon kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot
etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar
Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr
Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sobuq
Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999-yili
qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir Abdul Malik II
va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda
hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib
keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha
cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi
So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning
so`nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli
kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani
ta'minlagan. Bog`dod xalifasi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali
Movarounnahrda o`z hukmronligini o`rnatdi.
4. G’aznaviylar davlati
Azaldan Somoniylar tarkibida bo'lib kelgan G’aznaning X asrning 2-yarmiga kelib,
mustaqil siyosiy markazga ega bo'lishi, shu davrda mintaqada kechgan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlar hamda sulolaviy kuchlarning o'zaro kurashi bilan
bog'liqdir. 961-yilda somoniy hukmdori Abdumalik vafotidan so'ng hokimiyatning
zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini qo'lga kiritgan, asli turkiy g'ulomlardan
bo'lgan salohiyatli lashkarboshi Alptagindan bu hududda yangi sulolaga asos solganligi
shundandir. Biroq g'aznaviylar sulolaning keng e’tirof etilishi Sobuqtegin nomi bilan
bog'liqdir. Uning asli kelib chiqishi turkiy barlos qabilasidan bo'lib, yoshligida asir olinib
Movarounnahrga olib kelingan. Asta-sekin o'z mehnati va iste'dodi bilan pillapoyalarga
ko'tarilgan. Somoniylar davlatining yetuk lashkarboshisi darajasiga erishgan. U katta
xizmatlari evaziga G’azna mulkini qo'lga kiritib, uning siyosiy mustaqilligini ta'minlash,
qudratini oshirish borasida ustalik bilan siyosat yuritgan. O'sha davr an'anasi bilan unga
"din-u davlat himoyachisi" unvoni ham berilgan. Somoniylarning o'zaro ichki
nizolaridan foydalanib, Qobul daryosi havzasi yerlarini G’azna viloyatiga qo'shib oladi
va mustaqil hukmdor bo'ladi. Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib,
Movarounnahrni egallaydilar 997-yilda Sobuqtegin vafot etadi. Uning o'g'li Mahmud
davrida G’aznaviylar davlati kuchayadi.
 G’aznaviylarning eng yuksalgan davri Mahmud (998-1030) vaqtiga to'g'ri
keladi. Negaki u, harbiy sarkardalik iste'dodi, etuk davlat donishmandi, aql-
zakovat sohibi jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Nihoyatda qattiqqo'l,
ayyor bo'lgan.
 G’azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning 2-yarmiga
to'g'ri keladi. Sobuqteginning o'g'li Mahmud G’aznaviy davrida davlat
musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi
Mahmud G’aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli-
g'arbiy Hindiston, Chag'aniyon va Xorazmgacha cho'zilgan bo'lib, unga
Eronning katta qismi ham kirgan. Mahmud G’aznaviy Movarounnahrdagi
qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa, Xorazmga katta ta'sir ko'rsatar edi. 1017-
yilga kelib Mahmud G’aznaviyning nigohi geografik jihatdan qulay joy, boy
hudud bo'lgan Xorazmga qaratildi. U Xorazmshohlar sulolasidagi qaltis
siyosiy vaziyatning, xususan Xorazmshoh Ma'munning o'limidan foydalanib,
u yerga katta qo'shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni o'ziga tobe qildi. Ayni
paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma'mun akademiyasining bir qator
atoqli namoyanlarini shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G’aznaga keltiradi.
Uning so'nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029-yilda Eronning Ray shahrini
egallash bo'lgan. Shahar olingach, katta boylik G’azna olib kelinadi. Mahmud
G’aznaviyning shimoliy Hindiston viloyatlarini bosib olishi natijasida turkiy
aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylashadi. Bu esa Hindistonning
keyingi taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
1030-yilda Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Shundan so'ng taxtni uning
o'g'li Ma'sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma'sud otasi tuzgan davlatni
butunligicha saqlab qololmadi.
Katta qo'shin tutish, besamar urushlar amaldorlarning o'zboshichaligi -
bularning hammasi xalq zimmasiga tushdi. Urushlar bilan band bo'lib,
mamlakat xo'jaligiga e’tibor berilmadi. Ekinlarning qarovsiz holga kelishi
sug'orish inshootlarining izdan chiqishi qishloq xo'jaligiga katta salbiy
ta'sir qildi. 1011-yilda Xurosonda boshlangan ocharchilikdan minglab
odamlar nobud bo'ldi. Shu bois Mahmud G’aznaviy hokimiyati
tashqaridan qudratli ko'rinsada, ichki yemirilish boshlangan edi. Sulton
Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm mustaqilligini tiklashga erishdi.
Shuningdek, Saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallashi kuchaydi.
O'lkaning g'aznaviylar siyosatidan norozi bo'lgan mahalliy aholi ham
Saljuqiylarni qo'llab quvvatladi. Bu esa harbiy to'qnashuvlarni keltirib
chiqardi. G’aznaviylar bilan Saljuqiylar o'rtasidagi birinchi urush 1035-
yilda Niso shahri yonida bo'ldi. U saljuqiylar g'alabasi bilan yakunlandi.
Ular Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo'lga kiritdilar
(1038 y.).
1040-yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv
oralig'ida) bo'lgan so'nggi hal qiluvchi jangda Ma'sud
G’aznaviy yengildi. Butun Xuroson o'lkasidan mahrum
bo'ldi. Ko'p o'tmay, Ma'sud ukasi Muhammad tomonidan
qatl etildi (1041-yil). Ketma-ket yuz bergan saroy
fitnalaridan so'ng G’aznaviylar hokimiyatini Ma'sudning
o'g'li Mavdud egallab, bir necha bor kuch to'plab
Saljuqiylarga qarshi urush olib borgan bo'lsa-da, o'z
qo'shinini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059- yilda
Balxning olinishi G’aznaviylar davlatining Saljuqiylar
qo'liga o'tishi bilan yakunlandi.
5. Saljuqiylar shajarasi
Saljuqiylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman
Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038—
1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek
asos solgan. Saljuq turklari 11-asrda harbiy xizmatlari evaziga
Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq
keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon
Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada
tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar
gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli
janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni
sulton deb e’lon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi
gʻalabadan soʻng , u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta-
sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq
(Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar.
 Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar
xalifasi al-Qoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni
Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb
podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga
xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek
Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050 yilda
Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
 Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar
Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan.
Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming
kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—
81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston,
Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz
(1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi
saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
 Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini
tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan.
Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn
yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi
davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli
boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr
oxirlarida davlat Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar
dengizlarigacha boʻlgan katta hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat
Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa
qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan.
11-asr oxirlaridan boshlab, mamlakat parchalana boshlaydi. Chunki
1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar Gruziya, Shirvon hamda Kichik
Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir
qismidan ajralgan (1096—99). Davlatdan bir necha mustaqil
sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187),
Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va b.
saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va b. turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur
jangchilarga iqto inʼom qilganlar.
Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar
va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Kattakatta mulklarga
ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar.
Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng , uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt
uchun kurash avj oldi. Akauka sultonlar Mahmud (hukmronlik
davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri:
1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18)
ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar
harakati, xususan, hashshoshiylarta qarshi kurash olib borishga
majbur boʻlganlar. Buyuk S.d. taxt uchun kurashlar oqibatida
sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Gʻarbiy qismga kirgan
Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) nomi
bilan sulton Gʻiyosiddin Muhammadning oʻgʻli sulton Mahmud
(hukmronlik davri: 1118—31) boshqarishni boshlagan.
U Hamadonni oʻziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan,
Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat
boʻlib, unga sulton Malikshohning kenja oʻgʻli sulton Sanjar
hukmronlik qilgan va poytaxti Marv boʻlgan. Sanjarning
qudrati avjga chiqqan davrlarda gʻarbiy saljuqiylar ham
uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlishgan, Gʻaznaviylar davlati
esa unga 1117 y.dan tobe boʻlgan. Biroq Sharqsan
qoraxitoylarning Movarounnaxrga bostirib kirishi,
Samarqand yaqinida boʻlgan mashhur Qatvon jangi
(1141- y. 9 sent.) da ular qarluqpar bilan birgalikda
saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qoʻshinini tormor
qilishi natijasida Sanjarning kuchqudrati zaiflasha boshlab,
u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan
ajraladi
 Anushteginiylartn Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham
S.d.dan ajralib chiqib, oʻz mustaqilligini tiklagan. Otsiz, haggo saljuqiylar poytaxti
Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157)
dan soʻng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson gʻuzlar
(oʻgʻuzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y. saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi,
1187 y. Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshoxdar 12-a. 2-yarmidan
boshlab gʻarbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan.
Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tormor qilib, oʻz davlatiga qoʻshib
olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Koʻniya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-
a. boshlarigacha hukm surgan. Davlatni boshqarish. S.d. tepasida oliy hukmdor
— sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb
etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash,
muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat
qilish va b. sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv
tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va
devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil,
alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar
sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni
tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz
(harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan.
 Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti
bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo
idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi
boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.
 Saljuqiylarda, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp
Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda
katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan:
toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik,
koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan
saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa,
Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari
gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi
savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj
toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft
mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan.
Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy
etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis
dirhamlar ham boʻlgan.
6. Xorazmshohlar shajarasi
11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (g`aznaviylar
davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-
asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan
uzviy bog`liq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos
solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori bo`lgan Anushtegin
Malikshoh (1072-1092 yillar) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik
qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda
Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda
Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar
sulolasidan bo`lib, o`sha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola:
Anushteginlar, Saljuqiylar va G`aznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda
Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi.
Biroq u o`sha yili noiblikdan chetlatilib, uning o`rniga Anushteginning o`g`li
Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qo`yiladi. Garchi, u "Xorazmshoh"
unvonini tiklab, shu nom bilan ulug`lansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi
bo`lib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor bo`lgan Anushtegin
nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yo`lida astoydil harakat qilgan.
Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi
muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mug`ombir diplomat va qat'iy
sarkarda bo`lib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u o`z
hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush
boshlaydi. 12-asrning boshida O`rta Osiyoni sharq tomondan yangi
istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar o`zining yaqin
qarindoshi bo`lgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga
yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida bo`lib
o`tgan jang Sanjarning to`la mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh
Otsiz Sanjarning mag`lubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141-yili
Marvni ishg`ol etadi, 1142-yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156-yili
Otsiz vafot etadi va uning o`g`li Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar
davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dehistonni tevarak-atrofdagi
yerlarga qo`shib oladi. Elarslon o`ziga voris etib o`g`li Sultonshoh
Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq to`ng`ich o`g`li Takash ukasi
hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt
uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash
g`olib keladi. Uning o`g`li Tekesh (1172-1200 yy.) 1187-yili Nishopurni,
1192-yili esa Marvni bosib oladi. 1194-yili g`arbiy saljuqlar sultonini
qaqshatqich mag`lubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini
egallab oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qo`shinini tor-mor qilib,
Iroqga bostirib kiradi.
 O`z mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat
barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng iste'dodli
hukmdori deb e'tirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan
biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga ko`rsatilgan homiylik bo`lgan.
Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga
ko`proq ta'sir ko`rsatishga intilgan. Turkiy "qo`mondonlar"ning davlat
ishlariga o`zboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh o`g`li
Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab
bo`lgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat
hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan
toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin,
mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham
ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar
turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan mo`g`ullar
1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar.
Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida
Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida mo`g`ullarga qarshi
mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin
Manguberdi Ozarbayjonda halok bo`lgach, 154-yil hukmronlik qilgan
Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi.
Anushteginlar sulolasidan bo`lgan Xorazmshohlar
(1077-1231-yillar):
 1. Anushtegin 1077-1097 yy.
 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y.
 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy.
 4. Otsiz 1127-1156 yy.
 5. Elarslon 1156-1172 yy.
 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y.
 7. Takash 1172-1200 yy.
 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy.
 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.
7. Jaloliddin Manguberdi
(1198-1131)
 13-asr boshida Xorazm O‘rta Osiyoning ulkan davlati edi. Uning
sarhadlari Movarounnahrdan tashqari sharqda Yettisuv, g‘arbda
Eron, Turkiya, Iroq, Kavkaz ortigacha cho‘zilgan. Mana shunday
katta davlat 1219–21-yillarda Chingizxon qo‘shinlari hujumiga
duchor bo‘lgan.
 Bu paytda Xorazmda Xorazmshohlarning Anushteginiylar sulolasi
(1097–1231) hukm surardi. Xorazm shohi Alouddin Muhammad
edi. U mo‘g‘ullar hujumidan sarosimaga tushib, poytaxtni
tashlab qochish taraddudiga tushganida o‘g‘li Jaloliddin
dushmanga qarshi kurashishni bir necha bor talab qildi. Biroq
otasi ko‘nmadi. U bu niyatini otasi vafotidan so‘ng (1220) taxtga
o‘tirgach, amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi birinchi janggi Nasa shahri yaqinida
cho‘lda, pistirmadagi 700 kishilik qo‘shinga qarshi bo‘ldi. Kutilmaganda
boshlangan bu jangga Jaloliddin 300 jangchisi bilan kirib, g‘alaba
qozongan. Ancha ot-ulov, qurol-aslahani o‘lja oldi. Chingizxonga qarshi
mardonavor kurashi bilan o‘zini ona Vatanning fidoyi farzandi, mohir
sarkarda ekanligini namoyish etdi. Chingizxon katta qo‘shin to‘plab
Jaloliddin izidan tushdi. Gardiz qal’asi yaqinida Chingizxonning ilg‘or
qismlarini tor-mor keltiradi va yo‘lida davom etadi. Chingizxon Sind
(Hind) daryosi bo‘yida Jaloliddin qo‘shinini qurshab oladi. Uch kecha-yu
uch kunduz jang bo‘ldi. Dushman qo‘li baland kelayotganidan asirga
tushishdan o‘limni afzal bildi. Oila a’zolariga xazinani va o‘zlarini
daryoga otishni buyurdi-da, oti bilan o‘zini suvga tashladi. Sohildan
suvgacha o‘n ikki gazlik tik jar edi. Oti bilan narigi qirg‘oqqa kechib o‘tdi.
Uning bu harakatini kuzatib turgan Chingizxon, o‘g‘illariga qarata:
«Haqiqiy ota o‘g‘il shunday bo‘lishi kerak», dedi.
 Jaloliddin Hindistondan tortib, Ozarbayjon, Gruziyagacha bo‘lgan katta
hududda o‘n yil ot surib, mo‘g‘ullarga qarshi kurashdi, musulmon
xalqlarini dushmanga qarshi birlashtirishga yo‘lidagi xatti-harakatlari
behuda ketdi. Yo u, yoki bu hokim Jaloliddinga qarshi chiqa boshladi.
 Ko‘niya sultoni Alovuddin Kayqubod muxoliflar kuchini Jaloliddinga
qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 1230-yil 10-avgustda Arzinjon
yaqinidagi jangda Jaloliddin kuchlari tor-mor keltirildi. Jaloliddin
tushkunlikka tushdi. 1231-yilning 17–20-avgustlarida fojiali ravishda
halok bo‘ldi.
 Yurt ozodligi yo‘lida jonidan kechadigan bunday insonlarni fidoyi,
jasur, mard deymiz. Buyuk bobokalonimiz Jaloliddin Manguberdi ana
shunday inson sifatida kishilik tarixiga kirgan.
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jaloliddin Manguberdi
tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga muvofiq, yurtimizda yubileyga katta tayyorgarlik
ishlari amalga oshirildi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi
yodgorlik majmuyi barpo etildi. Shovot kanalining ikki qirg‘og‘ini
tutashtirib, butun bir me’moriy majmua qad rostladi. Uning markazida
qo‘lini qilich dastasiga qo‘ygan Jaloliddinning purviqor haykali turibdi.
 1999-yil 5-noyabda Xorazm zaminida o‘zbek xalqining
dovyurak o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800
yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.
 Ayni paytda yubiley munosabati bilan Jaloliddin
Manguberdi nomidagi jamg‘arma tashkil etilib, uning
hayoti haqida hikoya qiluvchi kitoblar chop etildi, ko‘plab
ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, tanga zarb etildi. Shuningdek,
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.
8. Temur davlatining tuzilishi
Davlat boshqaruvi. Temuriylarda avval hokimi mutlaq — Amir
Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan.
Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat
arkoni davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan. Ulardan 1-si —
mamlakat va raiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan
toʻplanadigan hosil, soliq oʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan
shugʻullangan. 2-si — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U
navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurol-yarogʻlari)
bilan shugʻullangan. 3-si — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi
savdo boji tamg’a, chorvachilikdan toʻplanadigan zakot, egasiz
qolgan mol-mulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi
masalalar bilan shugʻullangan. 4-si — saltanatning moliya ishlari
vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirim-chiqimlarini boshqargan.
Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat
qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat
va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni
nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb
yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan. Bu 7 vazir
devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning
moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan
maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va Temuriylar hukmronligi
davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin
Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Ali Koʻkaldosh va
Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat
koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli
ishlarni amalga oshirganlar.
Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va
ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi
fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar
hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash
va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi
vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr
mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan;
davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va
mulklarni qayd etgan va vaqfnomalar tuzib, ularni
qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy
tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom
aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan.
Davlatning bosh qozisi — qozi ul-quzzot "ahdos qozisi"
nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan.
Saltanat mahkamasida kirim-chiqimlarni qayd etuvchi
maxsus munshiy — kotib faoliyat koʻrsatgan.
Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib,
ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan.
Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar
va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va
muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar
tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant)
tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va
ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar
temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida
inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning
toʻngʻich oʻgʻli Jaxongirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati;
Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson,
Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy
hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil
edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshini boʻlib markaziy
hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va
oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki
talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi
Davlat asosini 12 toifa tashkil
etgan:
 Sayidlar, ulamo, mashoyiq, fozil kishilar;
 Ishbilarmon, donishmand odamlar;
 Xudojo'y, tarkidunyo qilgan kishilar;
 No'yonlar, amirlar, mingboshilar;
 Sipoh va raiyat;
 Maxsus ishonchli kishilar;
 Vazirlar, sarkotiblar;
 Hakimlar, tabiblar, munajjimlar;
 Tavsir va hadis olimlari;
 Ahli hunar, san'atchilar;
 So’fiylar;
 Sayyohlar va savdogarlar.
Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz
uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan.
Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina
ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol
asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining
kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va
ichki nizolarni keltirib chikargan. Temuriylar davrida oʻrta
asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy
jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng
tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli
uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ul-
umaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan,
qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va
ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda
ularning intizomi masalalariga nihoyatda katta ahamiyat bergan.
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin
tutgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan
Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va
kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar
va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning
iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar
qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Masalan, 1403 y.da Kavkazning
Baylaqon sh.da chaqirilgan kengashga olim-u fuzalolar taklif etilgan.
Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida
amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar
qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
Temuriylar davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona
qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar
davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali
izdahom tartibiy-u qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona
libos-u oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Rasmiy marosimlarda amir
ul-umaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus,
tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar,
yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl
tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va
oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi
va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari),
kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan.
Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng
tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin
olishgan.
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish
uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratib, u "Temur
tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni
boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining
tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin
boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi, mamlakatni
idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin
boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va b.
mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida
xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar bayon
etiladi. Shunday qilib, Temuriylarda davlat tuzilishi,
qonun-qoidalarni tartibga solish bilan bir qatorda, oliy
dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
9. Temuriy hukmdorlar (1370-1858):
 1. Amir Temur (1370-1405)
 2. Xalil Sulton (1405-1409)
 3. Shohruh Mirzo (1409-1447) (Xurosonda)
 4. Ulug’bek Mirzo (1409-1449) (Samarqandda)
 5. Abdulatif (1449-1450) (faqat 6 oygina)
 6. Abdullo Mirzo (1450-1451)
 7. Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1469)
 8. Sulton Ahmad Mirzo (1469-1494)
 9. Sulton Mahmud Mirzo (1494-1498)
 10. Sulton Ali Mirzo (1498-1500)
Xurosonda:
1. Shohrux (1396-1447)
2. Ulug’bek (1447-1449)
3. Abulqosim Bobur (1449-1457)
4. Shoh Mahmud Mirzo (1457)
5. Abu Said ibn Sulton Muhammad (1458-1469)
6. Yodgor Mirzo (1470)
7. Husayn Boyqaro (1470-1506)
8. Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506-1507)
9. Muzaffar Mirzo (1506-1507)
Ulug’bek davridagi olimlar
Madaniy hayot. 15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va
Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib,
olim-u muhandis, shoir-u bastakor, meʼmor-u binokor va naqqosh-u
musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan,
Samarqandda ilm-fan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning
atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir.
Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom
dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining
madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning
ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilm-fanning va sanʼatning
naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va
iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan ham
shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr
shaharlarini, xususan, Samarqand va Buxoroni ilm-u maʼrifat dargohiga
aylantirishga intildi.
Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda
(1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi.
Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har
bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima
yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi
hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat
qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.),
joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning
morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi.
Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda
Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali
Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda
Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim,
Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin
Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.
15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam
rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy,
Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandiy
va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda
yashab, ijod qildilar. "Zubdat at-tavorix" muallifi Hofizi
Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni
yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir
Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davrga
bagishladilar. Mirxond "Ravzat us-safo" va Xondamir
"Habib us-siyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik
qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy
esa Hirot tarixini yozdi.
Temuriylar davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan
takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va
nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda
zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi,
Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy,
Sakkokiy, Lutfiylar yashab, ijod qiladilar. Durbekning
"Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Yazdiyning
"Zafarnoma" dostoni shu davr badiiy adabiyotining
durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida
Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek
sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan.
U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yozdi.
Musiqa san’ati
14—15-a.larda musiqa sanʼati taraqqiyotida xdm yangi bosqich
boʻldi. Bu davrda yangi kuy va qoʻshiqlar, cholgʻu asboblari va
musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar,
bastakorlar va hofizlar yetishadi. Abduqodir Nayi, Qulmuhammad
Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli Gʻijjakiy, Qosim Rabboniy,
Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Ustod Shodiy,
Najmiddin Kavkabiy shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar
bilan bir qatorda Ulugʻbek, Navoiy, Jomiy va Binoiy kabi
mutafakkir va shoirlar ham musiqa sohasida ijod qildilar. Masalan,
Ulugʻbek "bulujiy", "shodiyona", "axloqiy", "tabriziy", "usuli
ravon" va "usuli otligʻ"; Navoiy "isfahoniy" kuylarini ijod qiladi.
Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratdilar.
Shubhasiz, musiqa sanʼati ham 14— 15-a.larda sanʼatning boshqa
turlari va sheʼriyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot
pogʻonasiga koʻtariladi. Mohir sanʼatkor mashshoqlar, bastakor va
hofizlar yetishadi, nodir va bebaho sanʼat asarlari vujudga keladi.
Tasviriy san’at
15-asr va 16-asr boshlarida Temuriylarda tasviriy sanʼat ham
taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh,
Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va
Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod
asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga
erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va
voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari,
bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan.
Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, Husayn
Boyqaro, Bobur portretlari saqlanib qolgan.
Kitobat san’ati
15-a.da ilm-fan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat sanʼati, yaʼni
qoʻlyozma asarlarni koʻchirib yozish va u bilan bogʻliq boʻlgan
xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik
(muqovasozlik) sanʼati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Bosmaxona
va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish
va uning nusxalarini koʻpaytirish ogʻir mehnat va koʻp vaqt sarf
etiladigan mushkul ish boʻlgan. Ayniqsa, nafis kitob yaratish oʻta
murakkab va juda mashaqqatli bir jarayon boʻlib, u qogʻozrez
(qogʻoz tayyorlovchi), xattot, musavvir, lavvoh kabi bir necha xil
mutaxassislarning mehnati va malakasi bilan bogʻliq edi. 15—16-
a.larda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvohlar yetishadi.
Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon,
Mirali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy shular jumlasidandir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A6u Bakr Muhammad ibn Jaʼfar an-Narshaxiy,
Buxoro tarixi [fors tilidan A. Rasulev tarjimasi], T.,
1991;
2. Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971;
3. Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya
Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim
istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996;
4. Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov
(Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Dushanbe,
1977;
5. Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata
X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983.
 6. Azamat Ziyoyev – “O’zbek davlatchiligi tarixi”
 7. Bo’riboy Ahmedov – “Amir Temur”
 8. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi T., 2000
 9. Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va
majmai baxrayn, T., 1969;
 10. Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T.,
1992;
 11. M irza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T.,
1996;
 12. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996;
 13. Sharafuddin Ali Yazdiy , Zafarnoma, T., 1996;
 14. Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989;
 15. Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994;
 16. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995;
 17. Muhammadjonov A., Temur va temuriylar
saltanati, T., 1996;
 18. Iso Jabborov - “O’zbeklar: turmush tarzi va
madaniyati” Toshkent – “O’qituvchi” 2003;
 19. Vikipediya ochiq ensiklopediyasi -
www.wikipedia.org;
 20. Milliy portal - www.ziyonet.uz sayti.
E’tiboringiz uchun
rahmat!!!

More Related Content

What's hot

Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalarOiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalarpumaneu
 
Uzbekistan
UzbekistanUzbekistan
UzbekistanNiso2009
 
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodiDars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodiferghanasoft
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptxUMIDJONERGASHEV2
 
Ғұндар тарихы
Ғұндар тарихыҒұндар тарихы
Ғұндар тарихыBilim All
 
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani 2021
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani   2021Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani   2021
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani 2021abboskhon
 
Education system of uzbekistan
Education system of uzbekistanEducation system of uzbekistan
Education system of uzbekistanUmida Esanova
 
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiTadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiferghanasoft
 
Famous universities for expositon
Famous universities for expositonFamous universities for expositon
Famous universities for expositonpzhnist
 

What's hot (20)

intellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptxintellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptx
 
Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalarOiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
 
Tourism in-uzbekistan
Tourism in-uzbekistanTourism in-uzbekistan
Tourism in-uzbekistan
 
Хива
ХиваХива
Хива
 
talim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptxtalim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptx
 
Uzbekistan
UzbekistanUzbekistan
Uzbekistan
 
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodiDars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Alisher Naoiy hayoti va ijodi
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
 
Samarkand.pptx
Samarkand.pptxSamarkand.pptx
Samarkand.pptx
 
Ғұндар тарихы
Ғұндар тарихыҒұндар тарихы
Ғұндар тарихы
 
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani 2021
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani   2021Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani   2021
Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani 2021
 
Education system of uzbekistan
Education system of uzbekistanEducation system of uzbekistan
Education system of uzbekistan
 
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiTadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
 
Famous universities for expositon
Famous universities for expositonFamous universities for expositon
Famous universities for expositon
 
Istanbul presentation
Istanbul presentationIstanbul presentation
Istanbul presentation
 
Welcome to Uzbekistan
Welcome to UzbekistanWelcome to Uzbekistan
Welcome to Uzbekistan
 
Politics of Uzbekistan
Politics of UzbekistanPolitics of Uzbekistan
Politics of Uzbekistan
 
Istanbul presentation
Istanbul presentationIstanbul presentation
Istanbul presentation
 
My hobbies
My hobbiesMy hobbies
My hobbies
 
Ukraine
UkraineUkraine
Ukraine
 

More from Bukhara State University

Бухоро амирлари саройи.pptx
Бухоро амирлари саройи.pptxБухоро амирлари саройи.pptx
Бухоро амирлари саройи.pptxBukhara State University
 
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...Bukhara State University
 

More from Bukhara State University (20)

Said Ahmad_Taqdimot.pptx
Said  Ahmad_Taqdimot.pptxSaid  Ahmad_Taqdimot.pptx
Said Ahmad_Taqdimot.pptx
 
Windows Instalizatsiyasi.pptx
Windows Instalizatsiyasi.pptxWindows Instalizatsiyasi.pptx
Windows Instalizatsiyasi.pptx
 
Ark qal'asi.pptx
Ark qal'asi.pptxArk qal'asi.pptx
Ark qal'asi.pptx
 
Poyi Kalon.pptx
Poyi Kalon.pptxPoyi Kalon.pptx
Poyi Kalon.pptx
 
TURIZMDA_EKSKURSIYA_XIZMATINI_TASHKIL.ppt
TURIZMDA_EKSKURSIYA_XIZMATINI_TASHKIL.pptTURIZMDA_EKSKURSIYA_XIZMATINI_TASHKIL.ppt
TURIZMDA_EKSKURSIYA_XIZMATINI_TASHKIL.ppt
 
Ekoturizm tarixi.pptx
Ekoturizm tarixi.pptxEkoturizm tarixi.pptx
Ekoturizm tarixi.pptx
 
Буюк ипак йўли.pptx
Буюк ипак йўли.pptxБуюк ипак йўли.pptx
Буюк ипак йўли.pptx
 
Бухоро амирлари саройи.pptx
Бухоро амирлари саройи.pptxБухоро амирлари саройи.pptx
Бухоро амирлари саройи.pptx
 
Past Perfect Continuous Tense
Past Perfect Continuous TensePast Perfect Continuous Tense
Past Perfect Continuous Tense
 
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларида ишлаб чиқариш харажатлари ...
 
Tourism in Bukhara, Uzbekistan
Tourism in Bukhara, UzbekistanTourism in Bukhara, Uzbekistan
Tourism in Bukhara, Uzbekistan
 
Gestures
GesturesGestures
Gestures
 
W. Shakespeare's "Twelfth night"
W. Shakespeare's "Twelfth night"W. Shakespeare's "Twelfth night"
W. Shakespeare's "Twelfth night"
 
What is poetry?
What is poetry?What is poetry?
What is poetry?
 
Introduction to Poetry
Introduction to PoetryIntroduction to Poetry
Introduction to Poetry
 
Vocabulary in tourism
Vocabulary in tourismVocabulary in tourism
Vocabulary in tourism
 
Jane Eyre
Jane EyreJane Eyre
Jane Eyre
 
The Roman conquest in Britain
The Roman conquest in BritainThe Roman conquest in Britain
The Roman conquest in Britain
 
Norman conquest in Britain
Norman conquest in BritainNorman conquest in Britain
Norman conquest in Britain
 
Queen Elizabeth II
Queen Elizabeth IIQueen Elizabeth II
Queen Elizabeth II
 

O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx

  • 1.
  • 2. Mavzular: 1. Somoniylar davlat tuzilishi. 2. Somoniylar shajarasi. 3. Qoraxoniylar shajarasi. 4. G’aznaviylar shajarasi. 5. Saljuqiylar shajarasi. 6. Xorazmshohlar shajarasi. 7. Jaloliddin Manguberdi. 8. Temur davlatining tuzilishi. 9. Temuriy hukmdorlar. 10. Ulug’bek davri olimlari.
  • 3. 1. Somoniylar davlati Poytaxti Samarqand, Buxoro Tili Fors Dini Islom Maydoni 2,850,000 km²
  • 4. Somoniylar davlati tuzilishi Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy ahli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylarda vazir devonidan tashqari 10 ta devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahli qalam (qalam ahli) deb atashgan
  • 5.  Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipohsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. Somoniylarning soliqlardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.  XX asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, Gurjiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. Viloyatlarda boshqaruv hokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan tayinlangan.
  • 6. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi ana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor boʻlgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta asrlarning oʻziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha- muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi.
  • 7. 2. Somoniylar shajarasi Koʻpchilik manbalar (Hudud al-olam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4-yoki 5-pog’onadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻliq. U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib ketgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda qolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshohlar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo qilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqqatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari qatorida tilga olingan.
  • 8. Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad qo’yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli o’gʻillari al-Maʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bo’lgan va Rofe ibn Lays qoʻzg’olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al- Maʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib tayinlanadi.
  • 9. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 y.lar), Nasr ibn Ahmad (914—943 y.lar), Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 y.lar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 y.lar), Nuh ibn Mansur (976—997 y.lar), Mansur ibn Nuh (997—999 y.lar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 y.lar).
  • 10. Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, Somoniylar hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil al-Muntasir (1000—1005 y.lar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, Somoniylar hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan bu sulola tarix sahnasidan butunlay ketdi. Ammo ushbu davlat qoldirgan me’ros biz uchun juda ulkan bo’lib, Somoniylar davlatchiligi milliy davlatchiligimizning ilk ko’rinishi hisoblanadi.
  • 11. Ismoil Somoniy Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 933-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
  • 12. 3. Qoraxoniylar shajarasi  Sotuq Bug’roxon Abdulkarim (vafoti 955)  Muso ibn Sotuq (vafoti 992)  Sulaymon ibn Sotuq (X asr)  Ali ibn Muso (Vafoti 998)  Ahmad ibn Ali (vafoti 1017/18)  Mansur ibn Ali  Yusuf Qodirxon ( vafoti 1032)  Sulaymon ibn Yusuf Qodirxon (1057-yilda o’ldirilgan)  Muhammad ibn Yusuf Qodirxon (1057-yili o’ldirilgan)  Ibrohim ibn Muhammad (1057/58 yili o’ldirilgan)  To’g’rul Qaroxon Yusuf ibn Yusuf Qodirxon)
  • 13.  Nasr ibn Ibrohim (1073-1079)  Xizrxon (1079-?)  Ahmad ibn Xizrxon (1095-yili o’ldirilgan)  Ma’sud ibn Muhammad (1095-1097)  Sulaymontegin  Mahmudtegin  Xoruntegin Muhammad ibn Sulaymon (1132-yili o’ldirilgan)  Ibrohim ibn Sulaymon  Xasantegin ibn Ali  Mahmud ibn Muhammad (vafoti 1141/42)  Ibrohim ibn Muhammad (vafoti 1156)  Jaloliddin Ali ibn Xasantegin (1160-o’lgan)
  • 14.  Ma’sud ibn Hasantegin (vafoti 1169/70-yili yoki keyinroq)  Muhammad ibn Ma’sud ( vafoti 1173/74 yil)  Ibrohim ibn Xusayn  Usmon ibn Ibrohim (vafoti 1212/13-yil) 10-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar - qarluqlar, chigillar, arg`ular, yag`molar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ro boshchiligidagi qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu ali Simjur o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo`lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar
  • 15. Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sobuq Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani ta'minlagan. Bog`dod xalifasi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z hukmronligini o`rnatdi.
  • 16. 4. G’aznaviylar davlati Azaldan Somoniylar tarkibida bo'lib kelgan G’aznaning X asrning 2-yarmiga kelib, mustaqil siyosiy markazga ega bo'lishi, shu davrda mintaqada kechgan ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jarayonlar hamda sulolaviy kuchlarning o'zaro kurashi bilan bog'liqdir. 961-yilda somoniy hukmdori Abdumalik vafotidan so'ng hokimiyatning zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini qo'lga kiritgan, asli turkiy g'ulomlardan bo'lgan salohiyatli lashkarboshi Alptagindan bu hududda yangi sulolaga asos solganligi shundandir. Biroq g'aznaviylar sulolaning keng e’tirof etilishi Sobuqtegin nomi bilan bog'liqdir. Uning asli kelib chiqishi turkiy barlos qabilasidan bo'lib, yoshligida asir olinib Movarounnahrga olib kelingan. Asta-sekin o'z mehnati va iste'dodi bilan pillapoyalarga ko'tarilgan. Somoniylar davlatining yetuk lashkarboshisi darajasiga erishgan. U katta xizmatlari evaziga G’azna mulkini qo'lga kiritib, uning siyosiy mustaqilligini ta'minlash, qudratini oshirish borasida ustalik bilan siyosat yuritgan. O'sha davr an'anasi bilan unga "din-u davlat himoyachisi" unvoni ham berilgan. Somoniylarning o'zaro ichki nizolaridan foydalanib, Qobul daryosi havzasi yerlarini G’azna viloyatiga qo'shib oladi va mustaqil hukmdor bo'ladi. Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni egallaydilar 997-yilda Sobuqtegin vafot etadi. Uning o'g'li Mahmud davrida G’aznaviylar davlati kuchayadi.
  • 17.  G’aznaviylarning eng yuksalgan davri Mahmud (998-1030) vaqtiga to'g'ri keladi. Negaki u, harbiy sarkardalik iste'dodi, etuk davlat donishmandi, aql- zakovat sohibi jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Nihoyatda qattiqqo'l, ayyor bo'lgan.  G’azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi. Sobuqteginning o'g'li Mahmud G’aznaviy davrida davlat musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G’aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli- g'arbiy Hindiston, Chag'aniyon va Xorazmgacha cho'zilgan bo'lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan. Mahmud G’aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa, Xorazmga katta ta'sir ko'rsatar edi. 1017- yilga kelib Mahmud G’aznaviyning nigohi geografik jihatdan qulay joy, boy hudud bo'lgan Xorazmga qaratildi. U Xorazmshohlar sulolasidagi qaltis siyosiy vaziyatning, xususan Xorazmshoh Ma'munning o'limidan foydalanib, u yerga katta qo'shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni o'ziga tobe qildi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma'mun akademiyasining bir qator atoqli namoyanlarini shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G’aznaga keltiradi. Uning so'nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029-yilda Eronning Ray shahrini egallash bo'lgan. Shahar olingach, katta boylik G’azna olib kelinadi. Mahmud G’aznaviyning shimoliy Hindiston viloyatlarini bosib olishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylashadi. Bu esa Hindistonning keyingi taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
  • 18. 1030-yilda Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Shundan so'ng taxtni uning o'g'li Ma'sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma'sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi. Katta qo'shin tutish, besamar urushlar amaldorlarning o'zboshichaligi - bularning hammasi xalq zimmasiga tushdi. Urushlar bilan band bo'lib, mamlakat xo'jaligiga e’tibor berilmadi. Ekinlarning qarovsiz holga kelishi sug'orish inshootlarining izdan chiqishi qishloq xo'jaligiga katta salbiy ta'sir qildi. 1011-yilda Xurosonda boshlangan ocharchilikdan minglab odamlar nobud bo'ldi. Shu bois Mahmud G’aznaviy hokimiyati tashqaridan qudratli ko'rinsada, ichki yemirilish boshlangan edi. Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek, Saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallashi kuchaydi. O'lkaning g'aznaviylar siyosatidan norozi bo'lgan mahalliy aholi ham Saljuqiylarni qo'llab quvvatladi. Bu esa harbiy to'qnashuvlarni keltirib chiqardi. G’aznaviylar bilan Saljuqiylar o'rtasidagi birinchi urush 1035- yilda Niso shahri yonida bo'ldi. U saljuqiylar g'alabasi bilan yakunlandi. Ular Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo'lga kiritdilar (1038 y.).
  • 19. 1040-yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv oralig'ida) bo'lgan so'nggi hal qiluvchi jangda Ma'sud G’aznaviy yengildi. Butun Xuroson o'lkasidan mahrum bo'ldi. Ko'p o'tmay, Ma'sud ukasi Muhammad tomonidan qatl etildi (1041-yil). Ketma-ket yuz bergan saroy fitnalaridan so'ng G’aznaviylar hokimiyatini Ma'sudning o'g'li Mavdud egallab, bir necha bor kuch to'plab Saljuqiylarga qarshi urush olib borgan bo'lsa-da, o'z qo'shinini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059- yilda Balxning olinishi G’aznaviylar davlatining Saljuqiylar qo'liga o'tishi bilan yakunlandi.
  • 20. 5. Saljuqiylar shajarasi Saljuqiylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038— 1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrda harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb e’lon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng , u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta- sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar.
  • 21.  Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi al-Qoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050 yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.  Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071— 81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
  • 22.  Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan. Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr oxirlarida davlat Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar dengizlarigacha boʻlgan katta hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan. 11-asr oxirlaridan boshlab, mamlakat parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Davlatdan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va b. saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va b. turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar.
  • 23. Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Kattakatta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng , uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Akauka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarta qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar. Buyuk S.d. taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Gʻarbiy qismga kirgan Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) nomi bilan sulton Gʻiyosiddin Muhammadning oʻgʻli sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118—31) boshqarishni boshlagan.
  • 24. U Hamadonni oʻziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat boʻlib, unga sulton Malikshohning kenja oʻgʻli sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv boʻlgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda gʻarbiy saljuqiylar ham uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlishgan, Gʻaznaviylar davlati esa unga 1117 y.dan tobe boʻlgan. Biroq Sharqsan qoraxitoylarning Movarounnaxrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida boʻlgan mashhur Qatvon jangi (1141- y. 9 sent.) da ular qarluqpar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qoʻshinini tormor qilishi natijasida Sanjarning kuchqudrati zaiflasha boshlab, u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi
  • 25.  Anushteginiylartn Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham S.d.dan ajralib chiqib, oʻz mustaqilligini tiklagan. Otsiz, haggo saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157) dan soʻng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson gʻuzlar (oʻgʻuzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y. saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187 y. Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshoxdar 12-a. 2-yarmidan boshlab gʻarbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tormor qilib, oʻz davlatiga qoʻshib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Koʻniya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14- a. boshlarigacha hukm surgan. Davlatni boshqarish. S.d. tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va b. sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan.
  • 26.  Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.  Saljuqiylarda, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham boʻlgan.
  • 27. 6. Xorazmshohlar shajarasi 11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (g`aznaviylar davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11- asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bog`liq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori bo`lgan Anushtegin Malikshoh (1072-1092 yillar) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan bo`lib, o`sha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va G`aznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u o`sha yili noiblikdan chetlatilib, uning o`rniga Anushteginning o`g`li Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qo`yiladi. Garchi, u "Xorazmshoh" unvonini tiklab, shu nom bilan ulug`lansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi bo`lib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor bo`lgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yo`lida astoydil harakat qilgan.
  • 28.
  • 29. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mug`ombir diplomat va qat'iy sarkarda bo`lib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u o`z hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida O`rta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar o`zining yaqin qarindoshi bo`lgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida bo`lib o`tgan jang Sanjarning to`la mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning mag`lubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141-yili Marvni ishg`ol etadi, 1142-yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156-yili Otsiz vafot etadi va uning o`g`li Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dehistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qo`shib oladi. Elarslon o`ziga voris etib o`g`li Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq to`ng`ich o`g`li Takash ukasi hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash g`olib keladi. Uning o`g`li Tekesh (1172-1200 yy.) 1187-yili Nishopurni, 1192-yili esa Marvni bosib oladi. 1194-yili g`arbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich mag`lubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qo`shinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi.
  • 30.
  • 31.  O`z mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng iste'dodli hukmdori deb e'tirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga ko`rsatilgan homiylik bo`lgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga ko`proq ta'sir ko`rsatishga intilgan. Turkiy "qo`mondonlar"ning davlat ishlariga o`zboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh o`g`li Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab bo`lgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan mo`g`ullar 1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida mo`g`ullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonda halok bo`lgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi.
  • 32.
  • 33. Anushteginlar sulolasidan bo`lgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar):  1. Anushtegin 1077-1097 yy.  2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y.  3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy.  4. Otsiz 1127-1156 yy.  5. Elarslon 1156-1172 yy.  6. Sultonshoh Mahmud 1172-y.  7. Takash 1172-1200 yy.  8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy.  9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.
  • 34.
  • 35. 7. Jaloliddin Manguberdi (1198-1131)  13-asr boshida Xorazm O‘rta Osiyoning ulkan davlati edi. Uning sarhadlari Movarounnahrdan tashqari sharqda Yettisuv, g‘arbda Eron, Turkiya, Iroq, Kavkaz ortigacha cho‘zilgan. Mana shunday katta davlat 1219–21-yillarda Chingizxon qo‘shinlari hujumiga duchor bo‘lgan.  Bu paytda Xorazmda Xorazmshohlarning Anushteginiylar sulolasi (1097–1231) hukm surardi. Xorazm shohi Alouddin Muhammad edi. U mo‘g‘ullar hujumidan sarosimaga tushib, poytaxtni tashlab qochish taraddudiga tushganida o‘g‘li Jaloliddin dushmanga qarshi kurashishni bir necha bor talab qildi. Biroq otasi ko‘nmadi. U bu niyatini otasi vafotidan so‘ng (1220) taxtga o‘tirgach, amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
  • 36.
  • 37. Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi birinchi janggi Nasa shahri yaqinida cho‘lda, pistirmadagi 700 kishilik qo‘shinga qarshi bo‘ldi. Kutilmaganda boshlangan bu jangga Jaloliddin 300 jangchisi bilan kirib, g‘alaba qozongan. Ancha ot-ulov, qurol-aslahani o‘lja oldi. Chingizxonga qarshi mardonavor kurashi bilan o‘zini ona Vatanning fidoyi farzandi, mohir sarkarda ekanligini namoyish etdi. Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin izidan tushdi. Gardiz qal’asi yaqinida Chingizxonning ilg‘or qismlarini tor-mor keltiradi va yo‘lida davom etadi. Chingizxon Sind (Hind) daryosi bo‘yida Jaloliddin qo‘shinini qurshab oladi. Uch kecha-yu uch kunduz jang bo‘ldi. Dushman qo‘li baland kelayotganidan asirga tushishdan o‘limni afzal bildi. Oila a’zolariga xazinani va o‘zlarini daryoga otishni buyurdi-da, oti bilan o‘zini suvga tashladi. Sohildan suvgacha o‘n ikki gazlik tik jar edi. Oti bilan narigi qirg‘oqqa kechib o‘tdi. Uning bu harakatini kuzatib turgan Chingizxon, o‘g‘illariga qarata: «Haqiqiy ota o‘g‘il shunday bo‘lishi kerak», dedi.
  • 38.  Jaloliddin Hindistondan tortib, Ozarbayjon, Gruziyagacha bo‘lgan katta hududda o‘n yil ot surib, mo‘g‘ullarga qarshi kurashdi, musulmon xalqlarini dushmanga qarshi birlashtirishga yo‘lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Yo u, yoki bu hokim Jaloliddinga qarshi chiqa boshladi.  Ko‘niya sultoni Alovuddin Kayqubod muxoliflar kuchini Jaloliddinga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin kuchlari tor-mor keltirildi. Jaloliddin tushkunlikka tushdi. 1231-yilning 17–20-avgustlarida fojiali ravishda halok bo‘ldi.  Yurt ozodligi yo‘lida jonidan kechadigan bunday insonlarni fidoyi, jasur, mard deymiz. Buyuk bobokalonimiz Jaloliddin Manguberdi ana shunday inson sifatida kishilik tarixiga kirgan.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, yurtimizda yubileyga katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuyi barpo etildi. Shovot kanalining ikki qirg‘og‘ini tutashtirib, butun bir me’moriy majmua qad rostladi. Uning markazida qo‘lini qilich dastasiga qo‘ygan Jaloliddinning purviqor haykali turibdi.
  • 39.
  • 40.  1999-yil 5-noyabda Xorazm zaminida o‘zbek xalqining dovyurak o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.  Ayni paytda yubiley munosabati bilan Jaloliddin Manguberdi nomidagi jamg‘arma tashkil etilib, uning hayoti haqida hikoya qiluvchi kitoblar chop etildi, ko‘plab ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, tanga zarb etildi. Shuningdek, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.
  • 41. 8. Temur davlatining tuzilishi Davlat boshqaruvi. Temuriylarda avval hokimi mutlaq — Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan. Ulardan 1-si — mamlakat va raiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliq oʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan. 2-si — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurol-yarogʻlari) bilan shugʻullangan. 3-si — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tamg’a, chorvachilikdan toʻplanadigan zakot, egasiz qolgan mol-mulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan. 4-si — saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirim-chiqimlarini boshqargan.
  • 42.
  • 43. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan. Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Ali Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar.
  • 44. Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni qayd etgan va vaqfnomalar tuzib, ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan. Davlatning bosh qozisi — qozi ul-quzzot "ahdos qozisi" nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirim-chiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshiy — kotib faoliyat koʻrsatgan.
  • 45. Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxongirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshini boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi
  • 46. Davlat asosini 12 toifa tashkil etgan:  Sayidlar, ulamo, mashoyiq, fozil kishilar;  Ishbilarmon, donishmand odamlar;  Xudojo'y, tarkidunyo qilgan kishilar;  No'yonlar, amirlar, mingboshilar;  Sipoh va raiyat;  Maxsus ishonchli kishilar;  Vazirlar, sarkotiblar;  Hakimlar, tabiblar, munajjimlar;  Tavsir va hadis olimlari;  Ahli hunar, san'atchilar;  So’fiylar;  Sayyohlar va savdogarlar.
  • 47.
  • 48. Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. Temuriylar davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.
  • 49. El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ul- umaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda katta ahamiyat bergan. Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Masalan, 1403 y.da Kavkazning Baylaqon sh.da chaqirilgan kengashga olim-u fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
  • 50. Temuriylar davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiy-u qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libos-u oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Rasmiy marosimlarda amir ul-umaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
  • 51.
  • 52. Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va b. mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar bayon etiladi. Shunday qilib, Temuriylarda davlat tuzilishi, qonun-qoidalarni tartibga solish bilan bir qatorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
  • 53.
  • 54. 9. Temuriy hukmdorlar (1370-1858):  1. Amir Temur (1370-1405)  2. Xalil Sulton (1405-1409)  3. Shohruh Mirzo (1409-1447) (Xurosonda)  4. Ulug’bek Mirzo (1409-1449) (Samarqandda)  5. Abdulatif (1449-1450) (faqat 6 oygina)  6. Abdullo Mirzo (1450-1451)  7. Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1469)  8. Sulton Ahmad Mirzo (1469-1494)  9. Sulton Mahmud Mirzo (1494-1498)  10. Sulton Ali Mirzo (1498-1500)
  • 55.
  • 56. Xurosonda: 1. Shohrux (1396-1447) 2. Ulug’bek (1447-1449) 3. Abulqosim Bobur (1449-1457) 4. Shoh Mahmud Mirzo (1457) 5. Abu Said ibn Sulton Muhammad (1458-1469) 6. Yodgor Mirzo (1470) 7. Husayn Boyqaro (1470-1506) 8. Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506-1507) 9. Muzaffar Mirzo (1506-1507)
  • 57.
  • 58. Ulug’bek davridagi olimlar Madaniy hayot. 15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olim-u muhandis, shoir-u bastakor, meʼmor-u binokor va naqqosh-u musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilm-fanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan ham shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, Samarqand va Buxoroni ilm-u maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi.
  • 59.
  • 60.
  • 61.
  • 62. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.
  • 63.
  • 64. 15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab, ijod qildilar. "Zubdat at-tavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat us-safo" va Xondamir "Habib us-siyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yozdi.
  • 65.
  • 66. Temuriylar davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiylar yashab, ijod qiladilar. Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Yazdiyning "Zafarnoma" dostoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yozdi.
  • 67.
  • 68. Musiqa san’ati 14—15-a.larda musiqa sanʼati taraqqiyotida xdm yangi bosqich boʻldi. Bu davrda yangi kuy va qoʻshiqlar, cholgʻu asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishadi. Abduqodir Nayi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli Gʻijjakiy, Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Ustod Shodiy, Najmiddin Kavkabiy shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulugʻbek, Navoiy, Jomiy va Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa sohasida ijod qildilar. Masalan, Ulugʻbek "bulujiy", "shodiyona", "axloqiy", "tabriziy", "usuli ravon" va "usuli otligʻ"; Navoiy "isfahoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratdilar. Shubhasiz, musiqa sanʼati ham 14— 15-a.larda sanʼatning boshqa turlari va sheʼriyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pogʻonasiga koʻtariladi. Mohir sanʼatkor mashshoqlar, bastakor va hofizlar yetishadi, nodir va bebaho sanʼat asarlari vujudga keladi.
  • 69.
  • 70. Tasviriy san’at 15-asr va 16-asr boshlarida Temuriylarda tasviriy sanʼat ham taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan. Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur portretlari saqlanib qolgan.
  • 71.
  • 72. Kitobat san’ati 15-a.da ilm-fan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat sanʼati, yaʼni qoʻlyozma asarlarni koʻchirib yozish va u bilan bogʻliq boʻlgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) sanʼati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini koʻpaytirish ogʻir mehnat va koʻp vaqt sarf etiladigan mushkul ish boʻlgan. Ayniqsa, nafis kitob yaratish oʻta murakkab va juda mashaqqatli bir jarayon boʻlib, u qogʻozrez (qogʻoz tayyorlovchi), xattot, musavvir, lavvoh kabi bir necha xil mutaxassislarning mehnati va malakasi bilan bogʻliq edi. 15—16- a.larda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvohlar yetishadi. Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy shular jumlasidandir.
  • 73.
  • 74.
  • 75. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A6u Bakr Muhammad ibn Jaʼfar an-Narshaxiy, Buxoro tarixi [fors tilidan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; 2. Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; 3. Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996; 4. Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Dushanbe, 1977; 5. Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983.
  • 76.  6. Azamat Ziyoyev – “O’zbek davlatchiligi tarixi”  7. Bo’riboy Ahmedov – “Amir Temur”  8. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi T., 2000  9. Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1969;  10. Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T., 1992;  11. M irza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T., 1996;  12. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996;  13. Sharafuddin Ali Yazdiy , Zafarnoma, T., 1996;
  • 77.  14. Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989;  15. Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994;  16. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995;  17. Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1996;  18. Iso Jabborov - “O’zbeklar: turmush tarzi va madaniyati” Toshkent – “O’qituvchi” 2003;  19. Vikipediya ochiq ensiklopediyasi - www.wikipedia.org;  20. Milliy portal - www.ziyonet.uz sayti.