• XX asr boshidagi o‘zbek milliy
uyg‘onish davri adabiyotining
yetakchi siymolaridan biri
Abdurauf Fitrat ko‘hna ilm-fan
markazlaridan bo‘lmish
Buxoro shahrida 1886-yilda
tavallud topgan.
• Uning otasi Abdurahimboy
zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli,
dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. Uning
tirikchiligi sarroflik (pul maydalovchi,
pul almashtiruvchi) va savdogarlik
bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan
atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron,
Qashqarga tez-tez borib-kelib turgan.
• Onasining ismi Bibijon (to‘la nomi
Nastarbibi, ayrim manbalarda
Mustafbibi deb aytiladi) bo‘lgan.
Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani»
sifatida qamoqqa tashlanganda onasi
hayot edi.
• Mir Arab madrasasida o'qidi. Turkiyaning
Istambul dorilfununidagi to‘rt yillik (1909—1913)
tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
• “Yosh buxoroliklar”ning siyosiy kurashlaridagi
faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik
harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug'ilgan
savollarga bu mamlakatning zamonaviy
kechmishlaridan javoblar qidirdi.
• Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy
harakatlarga yana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro
jadidlarining «Yosh buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‘lib
saylanadi. Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat»
gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket
chiqishlar qiladi. Fitrat 1917-1918-yillar oralig‘ida bu
gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi.
• Fitrat 1918-yilda Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb
nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi.
• 1920-yil oxirlarida Fitrat o‘zining sadoqatli do‘sti Fayzulla
Xo‘jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga
F.Xo‘jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik
lavozimlari ishonib topshiriladi.
• Fayzulla Xo‘jayevning ko‘magi bilan
adib Moskvaga ketadi va 1923-1924-
yillarda Sharq tillari institutida
mehnat qiladi. Shuningdek, hozirgi
Sankt-Peterburg universitetining
Sharq fakultetida sharq xalqlari tili,
adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar
o‘qiydi, professorlik unvoniga ega
bo‘ladi.
Fayzulla
Xo‘jayev
• Vaqtli matbuotda, ketma-ket uyushtirilgan turli majlislarda
Fitrat «millatchi», «turkparast», «islomparast», hatto
«g‘arbning josusi» sifatida qoralandi, unga kurakda
turmaydigan ayblovlar taqaldi.
• 1937-yilning 24-aprelida u qamoqqa olindi.
• Tergovning biror bir qonuniy talablariga amal qilinmay
o‘tkazilgan so‘roq-savollardan so‘ng, Abdurauf Fitrat «xalq
dushmani» sifatida ayblanib, 1938-yilning 4-oktabrida
Toshkentda otib o‘ldirildi.
• Fitrat 1909-yilda dastlabki yirik
asarini e’lon qiladi. Bu Istanbulda
chop etilgan «Munozara» kitobi edi.
• Mazkur asarning to‘liq nomi
«Hindistonda bir farangi ila buxorolik
mudarrisning jadid maktablari
xususinda qilg‘an munozarasi» bo‘lib,
u fors tilida yaratilgan.
• Shundan so‘ng 1911-1912-yillarda birin-ketin
uning forsiy tilda yozilgan she’rlari to‘plami -
«Sayha» («Na’ra»), nasriy asari -«Hind
sayyohi qissasi» («Bayonoti sayyohi hindi»)
bosilib chiqadi.
• O‘sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj
olgan hurfikrlilik Fitratga ham kuchli ta’sir
etgani, u uzoqda turib, ona yurti Buxoroning
ayanchli ahvoliga qanchalar achingani mazkur
asarlarda o‘z ifodasini topdi.
• 1912-yil “Hind sayyohi bayonoti”
• 1915-yil “Rahbari najot” darslik
• 1916-yil “Oila” darslik
• 1916-yil “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo Muslim”
• 1917-yil “O’qu” darslik
• 1918-yil “Temur sag’anasi”
• 1920-yil “O’g’uzxon” drama
• 1920-yil “Chin sevish” drama
• 1923-yil “Hind ixtilolchilari” drama
• 1924-yil “Abulfayzxon” 1-o’zbek tragediyasi.Moskvada
chop etilgan
• 1924-yil – “Shaytonning tangriga isyoni” drama
• 1926-yil “Arslon” drama
• 1926-yil “Adabiyot qoidalari” qo’llanma
• 1927-yil “Vose’ qo’zg’oloni” drama
• 1928-yil “O’zbek adabiyoti namunalari”
• 1936-yil “Aruz haqida”
• “Amir Olimxon” risola
• “O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba: Sarf (1-kitob),
Nahv (2-kitob)”
Bilib
oling!
• “XVI asrdan so’ngi o’zbek adabiyotiga bir qarash”
maqola
• “Firdavsiy zamoni va muhiti” maqola
• “Ahmad Yassaviy” maqola
• “Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni
to’g’risida” maqola
• “Bedil” maqola
• “Mashrab” maqol
• “Sharq shaxmati” maqola
• “Sarfi zaboni tojik” maqola
• “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” maqola
• “Fors shoiri Umar Xayyom” maqola
• “O’zbek shoiri Turdi” maqola
• “Hibat ul-haqoyiq” maqola
• 1919-yil “Tilimiz”
• 1929-yil “Yopishmagan gajaklar”
• Ma’naviyat» nashriyoti tomonidan
2000-yilda Fitratning 2 jildlik «Tanlangan
asarlar» to‘plami chop etildi.
• Bugun Fitrat nomida Respublikamizning
barcha viloyatlarida ko‘chalar bor.
Buxoroda uning yodgorlik muzeyi ochilgan,
xiyobon barpo etilgan.
• Abdurauf Fitratga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmoni bilan Alisher Navoiy
nomidagi Davlat mukofoti va «Buyuk
xizmatlari uchun» ordeni berilgan.
MIRRIX YULDUZIGA
Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan,
Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar,
So‘yla, yulduz, sening dag‘i quchog‘ingda bo‘lurmi?..
• 1920-yilda yozilgan.
• Mirrix — Mars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil hisobida Hamal
(Mart) oyining homiy sayyorasi hisoblanadi. Bu oyning unsuri -
xos belgisi — olovdir.
• Shoir o‘z o‘lkasida bo‘lib o‘tayotgan xunrezliklar ko‘lamini
urg‘ulab ifodalamoq uchun uni jang-u jadallar makoni - Mirrix
(qonday qizil sayyora!) bag‘ridagi hodisalarga qiyoslaydi.
• Fitrat «Mirrix yulduziga» she’rida o‘zimizdan chiqqan sotqinlar
-yurtfurushlarni ham dadil fosh qiladi. Kelgindi hukumat
qutqusiga – va’dalariga uchib, o‘z millati va xalqini
bosqinchilarga ipsiz bog‘lab berishdan toymagan, «qorin-qursoq
yo‘lida elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar» shoirning o‘tli
nafratiga duchor bo‘ladilar. Ular el-u yurtni o‘zgalarga sotish
bilan «borin-yo‘g‘in» - imonin, vijdonin, millatin sotdilar.
O‘GUT
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma -
qo‘zg‘al!
Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!
«GO‘ZALIM, BEVAFO GULISTONIM...»
Go‘zalim, bevafo gulistonim,
Bog‘i umrimda toza rayhonim,
G‘am-u qayg‘ularim hujumindan
Sen eding mehribon nigahbonim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayoqingg‘a yiqilay,
Bir zamon qo‘y: to‘lib-toshib yig‘lay.
Qo‘y, biroz qo‘yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko‘zuma suray…
She’r tarixi haqida Mutal
Burxonov (bastakor) xotiralari:
• “Bu she’r opam Fotima Burhonovaga atalgan. YUqorida
aytganimday, amakilarim jpamni Fitratga 1928 yili berishgan ekan.
Bu paytda Fitrat 42 yoshda bo‘lib, ikki marta o‘ylanishga ulgurgan
edi. Ammo nima sababdandir bir xotini bilan murosasi kelishmagan,
ikkinchi xotini esa vafot etgan. Fotima opam bilan Fitrat uch yil
shirin turmush kechirishgan, keyin ajralishgan.
• Bu Fitrat uchun juda og‘ir zarba bo‘ladi. U ancha vaqtgacha o‘ziga
kelolmay yuradi va yuragidagi bor dardini qog‘ozga to‘kib soladi.
Shu tarzda «Nega tark etding meni?» degan she’riy maktub dunyoga
keladi. Opam bu maktubni umrining oxiriga qadar ko‘z
qorachig‘iday avaylab saqlagan. Men u kishining vafotlaridan so‘ng,
qog‘ozlarini ko‘zdan kechirayotib, maktubni topib oldim va undan
nusxa ko‘chirdim… va e’lon qildim…
BILIMINGIZNI SINANG!
• 1. “U zamonasining o’ziga to’q, o’qimishli, dunyo ko’rgan kishilaridan
edi. Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik bilan kechgan”. Gap kim
haqida ketyapti?–
• 2. Fitratning onasini ismi?
• 3. 1904-1907-yillar oralig’ida Fitrat qayerlarga bordi?
• 4. Fitratning 1911-1912-yillarda qaysi forsiy she’rlar to’plami va nasriy
asari bosilib chiqqan?
• 5. Fitratning birinchi yirik asari qaysi va u qachon qayerda chop etilgan?
• 6. Fitrat qayerlarda yangi usuldagi jadid maktablarini ochadi?
• 7. Fitrat qachon va qayerda Cho’lpon bilan ilk bor uchrashdi?
• 8. Yangi davr o’zbek madaniyati gumanitar soha fanlarining shakllanishida
buyuk rol o’ynagan jamiyat?
• 9. Fitrat Moskvaning qaysi universitetida ma’ruzalar o’qiydi, professorlik
unvoniga ega bo’ladi?
• 10. Fitrat qanday mukofot va orden bilan taqdirlangan?
• 11. “Mirrix yulduziga” she’ri qachon yozilgan?
• 12. “Yigit omon bo’lsa, Xavf-u xatar yo’q...” misralari kimga tegishli?