Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya
Respublikasi (gruzincha: საქართველო
[sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) —
Kavkazortining markaziy va g’arbiy qismlarida, Qora
dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat.
Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-
sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-
sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69
700 km². Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi
Poytaxti — Tbilisi shahri.
Gruziya Respublikasi
საქართველო
Sakartvelo
Bayroq
Gerb
Shior: ძალა ერთობაშია (Kuch birlikda)
Madhiya: თავისუფლება;Tavisupleba (Ozodlik
)
Poytaxt Tbilisi
Eng katta shahar Tbilisi, Kutaisi, Batumi,
Rustavi
Rasmiy til(lar) gruzincha (gurjincha)
Hukumat Parlamentar-
prezidentlik respublika
Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya,
sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh.
Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor
respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare).
Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga
boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar
huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor
respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan
olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar
hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu
hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi
va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi
Gruziya hududlari deb tan olingan.
Ushbu mamlakatning nomi gruzin tilida —
საქართველო (Sakartvelo deb oʻqiladi va talaffuz
qilinadi). Ushbu nom tarixiy Katli viloyatiga borib
taqaladi. Koʻp tillarda, shu jumladan rus va oʻzbek
tillarida keng tarqalgan Gruziya soʻzi
qadimgi Gurjan soʻzidan kelib
chiqgan. Gurjan soʻzi arab, fors, suryoniy va
boshqa tillardagi tarixiy qadimiy qoʻlyozmalarda
uchraydi. Ushbu soʻz, arab va fors
tillaridagi gurj (Gurjiston — boʻrilar mamlakati)
soʻzi orqali paydo boʻlgan
Gruziya — demokratik respublika. 1995-
yilda qabul qilingan konstitutsiyaga
binoan davlat va ijroiya qokimiyat
boshligʻi — prezident (1995-yil 5-
noyabrdan E. Shevardnadze). U aholi
tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish
yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat —
parlament.
Gruziya tabiati xilma-xil. Hududi baland va oʻrtacha
balandlikdagi togʻlar, tepalik, pasttekislik, yassitogʻlik va
platolardan iborat. Respublikaning shimoli Katta
Kavkaz (gurjincha Kavkasioni)ning oʻrta qismi bilan
band. Gruziyaning eng baland nuqtasi — Shhara togʻi
(5068 m). Katta Kavkazning Gruziyadagi gʻarbiy qismida
karst relyef shakllari uchraydi. Sharqida yosh vulkan
togʻlari bor. Katta Kavkazning janubdagi Kolxida va Iveri
tekisliklarini Lix tizmasi ajratib turadi. Yana ham
janubroqda Kichik Kavkazning Gruziya qismidagi
oʻrtacha togʻ (2850 m) tizmalari kenglik boʻylab choʻzilib
yotadi. Respublikaning eng janubiy chekkasi vulkan
togʻligi (Didi-Abuli togʻi, 3301 m) bilan band[3].
Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida
pasttekisligida dengiz sathidan 500 – 600 m balandlikkacha
nam subtropik iqlim (yanvarda harorati 5 — 7 °C) boʻlib,
yogʻin koʻp yogʻadi (1200 – 2600 mm). Iveri botigʻida
yanvarning oʻrtacha harorati — 2 °C dan —3 °C gacha, qish
bilan yoz harorati oʻrtasida tafovut katta[4], yogʻin kamroq
(300 – 800 mm). Eng issiq oy — avgust harorati 23 °C —
26 °C. Gruziyaning janubdagi togʻlikda iqlim ancha
kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadi[5].
Foydali qazilmalardan marganes rudasi
(Chiatura koni), toshkoʻmir (Tkibuli,
Tkvarcheli) va neft (Kolxida va Tashqi
Kaxeti), Katta Kavkazda nodir metall,
polimetall va surma-mishyak konlari bor[6].
Qurilish materiallari (marmar, slanes,
sement xom ashyosi va boshqalar) deyarli
hamma joyda uchraydi[7].
Gruziya oʻzining xilma-xil maʼdanli suvlari bilan ajralib
turadi; bu jihatdan dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi.
Maʼdanli suvlar kimyoviy tarkibi boʻyicha gidrokarbonatli,
xloridli, sulfatli va aralash guruhlarga, gaz miqdorining
boʻlishiga qarab karbonat angidridli va nokarbonat
angidridli turlarga boʻlinadi. Eng mashhur maʼdanli
suvlari: Borjomi, Sairme, Nabeglavi, Zvare, Dzau, Lugela
va boshqalar. Gruziya daryolari Qora va Kaspiy
dengizlari havzasiga mansub. Kura Kaspiyga, Rioni, Inguri,
Kodori va boshqalar. Qora dengizga quyiladi. Gruziya
gidroenergiya resurslariga boy. Gruziyada koʻl kam. Eng
kattasi — Paravani (maydoni 37 km2); Ritsa (chuqurligi 116
m) va Amtkel (chuqurligi 72 – 122 m). Tabatskuri,
Palestomi va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi.
Gruziyada qizil, sariq, qora, qoʻngʻir,
jigarrang va kul tus-jigarrang tuproqlar
uchraydi. Togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir oʻrmon
tuproq, togʻ oʻsimliklari oʻsadigan
joylarda — togʻ-oʻtloqi tuproq. Kolxida
pasttekisligida botqoq va sargʻish kulrang
podzol tuproqlar katta maydonni egallaydi.
Gruziyada 4500 turdan koʻproq gulli va 10000 ga
yaqin sporali oʻsimlik bor. Relikt va endemik
oʻsimliklar (dioskoreya, pontiya va Kavkaz
rododendronlari, shamshod, lavr-olcha, xurmo va
b.) koʻp. Maydonining 2/5 qismi oʻrmon. Togʻ
oʻrmonlarida eman, grab, kashtan, qoraqayin,
togʻlarning yuqori mintaqalarida qaragʻay,
oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻsadi. Oʻrmonlarning
yuqori chegarasidan 2800 – 3500 m
balandlikkacha togʻ oʻtloqlari uchraydi.
Katta Kavkazning oʻtloq mintaqasida togʻ
echkilari — serna, bezoar echkisi, togʻ takasi,
qushlardan Kavkaz togʻ kurkasi (ular),
oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, asil bugʻu, elik, silovsin
uchraydi. Umuman Gruziyada sut
emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning
330, sudraluvchilarning 48 va baliqlarning 160 ga
yaqin turi mavjud. Tbilisi tabiiy milliy bogʻi,
qoʻriqxonalar bor.
1 km2da aholining oʻrtacha zichligi — 65 kishini tashkil etadi. Aholining 60 %
koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi.
Mamlakat aholisining asosiy qismini (83,5 %) gruzinlar (gurjlar) tashkil etadi.
Aholining 6,7 % ozarbayjonlar, 5,7 % armanlar, 1,9 % ruslar tashkil etadi.
Qolgan milliy
ozchiliklar: osetinlar, abxazlar, yezidlar, yunonlar, chechenlar, ukrainlar va
boshqalar. Gruzinlarning 1,6 millioni (butun gruzinlarning 27 %zi) Gruziya
hududidan tashqarida yashaydi.
Gruziya davlat tili gruzin (gurj) tili. Ushbu til mamlakatdagi eng keng
tarqalgan til hisoblanadi. Ozarbayjon, arman va rus tillari ham mamlakatda
keng tarqalgan. Soʻngi yillarda ingliz tili ham ommabop tillardan biriga
aylandi.
Eʼtiqod boʻyicha aholining asosiy qismini gruzin pravoslavlari tashkil etadi.
Shuningdek mamlakatda protestantlar va lyuteranlar, katoliklar va
musulmonlar mavjud.
Gruziya sanoati va qishloq xoʻjaligi
rivojlangan mamlakat. Milliy daromadda
sanoatning ulushi oʻrtacha 34 %, qishloq
xoʻjaligi ulushi 29 %. Marganes rudalar,
ferroqotishma, poʻlat quvur, elektrovoz,
yuk avtomobillari, metall qirqish
stanoklari ishlab chiqarish yetakchi
tarmoqlardir.
Gruziya sanoati tarkibida keyingi vaqtlarda ogʻir sanoat
tarmoqlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oziq-ovqat
sanoati ham asosiy oʻrinda turadi. Yengil sanoat,
mashinasozlik va metallsozlik tarmoqlari yaxshi
rivojlangan. Yirik transport, elektrotexnika va vibratsiya
mashinalari[12], payvandlash apparatlari, elektrotexnika
buyumlari, hisoblash texnikasi priborlari, suv osti qanotli
katerlar ishlab chiqariladi. Elektr energetikasi gidroelektr
stansiyalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan stansiyalardan
iborat (Inguri GES, Rioni GES, Xrami GES va Tbilisi, Tkvarcheli
GRESlari)[13]. Yiliga oʻrtacha 13,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya
hosil qilinadi. Tkibuli va Tkvarchelida koʻmir qazib
chiqariladi[14]. Chiaturidagi katta marganes koni negizida
konchilik sanoati rivojlangan. Marneulidagi mis-polimetall
rudalarini qazib olish va boyitish asosida yangi tarmoq vujudga
keltirildi[15].
Ikkinchi jahon urushidan keyin Rustavida metallurgiya zavodi qurib, ishga
tushirildi. Turli quvur va prokat asosiy metallurgiya mahsulotidir[16]. Rustavi
azotli oʻgʻit, kaprolaktam va sintetik tola zavodlari va boshqa korxonalar
kimyo sanoatini tashkil qiladi. Batumi va boshqa shaharlarda
mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yirik elektrovozsozlik,
avtomobilsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va elektrotexnika
mahsulotlari zavoddlari mavjud. Kaspi, Rustavidagi qurilish
materiallari korxonalari sement[18], shifer, blok, yigʻma temir-
beton[19][20], g’isht, cherepitsa va boshqa ishlab
chiqaradi. Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Gori shaharlaridagi yengil sanoat
korxonalarida ipak, jun, ip gazlama, trikotaj, charm poyabzal va
boshqa ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida choy, vino, konyak,
shampan vinolari, tamaki, sabzavot va meva konservalari ishlab
chiqarish salmoqli oʻrin tutadi. Mahalliy maʼdanli buloqlardan, ayniqsa
Borjomi bulogʻidan chiqadigan shifobaxsh suvlarni shishalarga quyish
yoʻlga qoʻyilgan[
Dehqonchilik — Gruziya qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi.
Mamlakat jami hududining 16,1 % ga ekin ekiladi. Eng muhim
ekini — choy (66 ming ga dan ortiq). Subtropik zonada sitrus
(mandarin, apelsin, limon), subtropik mevalar (xurmo, anor,
mushmula, feyxoa), tung (yuqori sifatli moy olinadigan
oʻsimlik), asil lavr, bambuk va boshqa oʻstiriladi. Tokchilik —
Gruziya qishloq xoʻjaligining qadimgi tarmogʻi. Gruziyada
uzumning 400 dan ortiq navi bor. Uzum asosan Kaxeti, Imereti
va Racha-Lechxumi tumanlarida yetishtiriladi. Rezavor
mevalar ham koʻp miqdorda ekiladi[10]. Donli ekinlardan
makkajoʻxori, arpa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan tamaki,
kungaboqar, qand lavlagi, efir moyli ekinlar, sabzavot va
kartoshka anchagina maydonni egallaydi[24].
Chorvachiligi asosan goʻsht-sut va goʻsht jun yetishtirishga
ixtisoslashtirilgan; qoramol, choʻchqa, qoʻy, togʻli
tumanlarda echki boqiladi. Koʻpgina tumanlarda
parrandachilik va pillachilik rivojlangan
Transporti mamlakat relyefi va iqlimiga, gidrografiya tarmogʻi,
aholi zichligi, harakat tartibi va joylashuviga moslab
uyushtirilgan. Elektrlashtirilgan temir yoʻl uzunligi — 1,6 ming
km ga yaqin. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari
uzunligi — 21,6 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻl —
20,3 ming km. Dengiz transporti rivojlangan. Asosiy dengiz
portlari: Batumi, Poti. Tbilisi, Kutaisi, Suxumi, Batumida
aeroportlar, koʻpgina tumanlarda mahalliy aeroportlar
bor. Boku — Batumi neft quvuri, Shim. Kavkaz — Ozarbayjon
gaz quvuri Gruziya hududidan oʻtgan. Tbilisida
metropoliten qurilgan. Yuk va yoʻlovchi tashiladigan osma
yoʻllar tizimi mavjud. Gruziyadagi iqtisodiy beqarorlik va
Gruziya — Abxaziya mojarosi oqibatida tashqi savdo tanazzul
holatiga tushib qoldi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari:
Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon. Pul birligi — lari.
Armaniston Respublikasi (armancha: Հայաստան,
Hayastani Hanrapetutyun) – Zakavkazyening janubiy
qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston,
sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan
chegaradosh. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor.
Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln . kishi. Poytaxti –
Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston – Demokratik
respublika. Davlat boshligʻi – Prezident. Qonun chiqaruvchi
oliy organi – Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va
farmoyish beruvchi organi – Vazirlar Kengashi.
Armanistonning asosiy aholisi – armanlar (3
mln.danortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukr
ainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining
69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy
tili – Arman tili. Dindorlar asosan xristian-
monofisiylardir. Yirik shaharlari –
Yerevan, Gyumri, Vanadzor.
Armaniston – togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-
baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m
dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori
nuqtasi 4090 m (Aragats togʻi), eng past nuqtasi 350 m.
Respublikaning Shimol va Shimoli sharqida Kichik
Kavkaz tizmasi, janubda Armaniston yassitogʻligi bor. Togʻ
tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq
vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubi gʻarbida –
togʻlar oraligʻida – Ararat tekisligi joylashgan.
Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall
rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoklari, bentonit
gillari, tosh tuz konlari bor.
Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi
xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha
temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki – 5°, yillik yogʻin miqdori
200 – 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha
temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki – 4°, yillik yogʻin miqdori
500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq
subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks
vodiysida), eng past temperatura – 46° (Shimol-gʻarbda). Qor
qatlamining qalinligi 10 – 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks
daryosi irmoqlaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura
daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay
olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming
kVt.
Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng
kattasi – Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi
ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. U yerda
xilma-xil tuproqlar uchraydi; respublika maydonining
yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli
butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar
Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-
sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud.
Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor.
Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40
turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir.
Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy
bogʻi bor
Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari,
molibden konsentrati, mis kuporosi, koʻchma elektr
stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar,
tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik
kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press
mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar,
gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj,
kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli
mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy oʻrin
tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiqlik
elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi
ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari:
Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va
boshqalar
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar kam boʻlishiga
qaramay, qishloq xoʻjalik koʻp tarmoqli.
Sugʻorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega.
Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va
boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t,
uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu
jumladan gʻallazorlar 32 % (bugʻ-doy, arpa), yem-
xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0,2 mln.
tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi
yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-goʻsht, jun
yetishtirishga ixtisoslashgan.
Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 %
dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. Temir
yoʻllar uzunligi – 640 km. Umumiy
foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 7,7 ming km.
Hammasi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar
Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina
shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoqlari
bor.
Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon
Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), —
Kavkazortining janubi sharqiy qismida joylashgan
mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5
mln. kishi . Poytaxti — Boku shahri Maʼmuriy
jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga
boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va
Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.
Ozarbayjon — respublika. Davlat
boshligʻi — prezident (2003-yil
oktabrdan Ilhom Aliyev). Qonun
chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Milliy
majlis), ijrochi hokimiyatni Vazirlar
Mahkamasi amalga oshiradi.
Ozarbayjonning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kichik
Kavkaz togʻlari janubi-sharqiy qismlarida, shuningdek,
Tolish togʻlari oraligʻida joylashgan. Janubida Oʻrta
Arake soyligi va uning shimoliy tarmogʻi bor (togʻlar
Ozarbayjon hududining deyarli yarmini egallaydi).
Kaspiy dengizi qirgʻogʻi kam parchalangan. Qirgʻoq
chizigʻining uz. 800 km. Yirik yarim orollari: Apsheron,
Kura qum tili, Sara; qoʻltiklari: Apsheron, Qizil-ogʻoch,
Boku qoʻltiqchasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va
gaz, temir rudasi, alunit, molibden, tosh-tuz konlari bor.
Ozarbayjon, asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq
va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqlimigacha
boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha
temperaturasi 25-27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan
+3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq temperatura
40-43°, eng sovuq temperatura — 30°. Yogʻingarchilik
juda notekis. Yillik yogʻin — 200 mm dan 1800 mm gacha
Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmogʻi — Arake. 250 ta koʻl
bor (yiriklari Gajikobul va Buyukshoʻr). Tuprogʻi — kulrang-
oʻtloq, shoʻrxok, kulrang-qoʻngʻir, jigarrang, kashtan, togʻ-
kashtan va boshqa tuproklar. Oʻsimliklari juda xilma xil — 4100
turdan oshadi. Pasttekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari,
koʻproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining shoʻrxok
yerlarida shoʻra, togʻ etaklaridagi tekisliklarda shuvoq va shu-
voq-chalov oʻsadi. Oʻrmonzori 1146 ming ga. 2200-2500 m
balandliklarda subalp va alp oʻtloqlari bor. Hayvonot dunyosi
turli-tuman: sudralib yuruvchilar, kemiruvchilar, yovvoyi toʻngʻiz,
nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, gʻoz
va oʻrdak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos,
osetr, sevryuga, beluga va boshqalar) moʻl. Zakatali, Turianchay,
Kizilogʻoch, Shirvon va boshqa qoʻriqxonalar bor.
Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (93 %);
ruslar, turklar, lezginlar, avarlar, kurd,
tolish, saxur, tatar, tatlar va boshqa ham
yashaydi.[2][3] Shahar aholisi 54 %.
Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik
shaharlari: Boku, Sumgait, Mingechaur,
Ganja, Lenkoran, Naxichevan.
Dindorlari — asosan musulmonlar.
Ozarbayjon — industrial-agrar mamlakay. Neft, temir ruda, alunit konlari
bor; oltingugurt kolchedani, barit, kobalt, molibden, margimush kabilar
sanoat asosida qazib chiqariladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi
54,2 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 26,1 %.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik,
metallsozlik, binokorlik materiallari va elektr energetika. Yengil va
oziqovqat sanoati ham rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 23,3 mlrd. kVt-soat elektr
energiya xrsil qilinadi (asosan, issiklik elektr stansiyalarida). Neft Apsheron
yarim orol, Kura-Arake pasttekisligi va Kaspiy dengizidan, gaz esa
KratogʻDuvaniy va Zira-Goʻrgon tumanlaridagi konlardan qazib
olinadi. Neft va gaz asosida kimyo va neft kimyosi sanoati mineral
oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, kaustik soda, sintetik kauchuk, shina va
boshqa mahsulotlar (Sumgait, Salyani, Neftechala, Min-gechaur,
Boku) ishlab chiqaradi. Mashinasozlik va metallsozlik, asosan, neft
sanoati uchun mashina-qurilmalar, elektr dvigatellar, transforma-
torlar, kabel, radioelektron appa-ratlar, priborlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kemasozlik, oziq-
ovqat sanoati uchun asbob-uskuna ishlab chiqarish rivojlangan (Boku,
Ganja, Min-gechaur, Xonkendi, Naxichevan, Kuba).
Qora va rangli metallurgiya Sumgaitdagi quvur prokati va alyuminiy,
Ganjadagi alyuminiy, Bokudagi poʻlat arkrn zavodlaridan iborat.
Boku, Ganja va Mingechaurda ip gazlama kombinatlari, Sheki va
Xonkendida shoyi kombinatlari joylashgan. Paxta tozalash, jun
gazlama va gilam toʻqish, tikuvchilik va trikotaj, un, vino-konyak,
baliq sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining asosi —
dehqonchilik, uning yalpi mahsuloti 80 % sugʻoriladigan yerlarga
toʻgʻri keladi. Yuqori Shirvon, Yuqori Qorabogʻ, Samur-Apsheron
kanallari, Jayron-Batan, Arake suv omborlari barpo etilgan.
Paxtachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri. Tamaki
va choy ham yetishtiriladi. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy,
makkajoʻxori, arpa, sholi, shuningdek, sabzavot ekinlari
ekiladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik
mevalardan anor, anjir, yapon xurmosi, bodom koʻplab
yetishtiriladi. Apsheron yarim orolda zaʼfaron va zaytun oʻsadi.
Chorvachilik goʻsht-jun va goʻsht-sutga ixtisoslashgan.
Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi, pillachilik
bilan shugʻullaniladi.
Transport yoʻli uzunligi — 2 ming km dan ortiq,
avtomobil yoʻllari uz. 36,7 ming km, 32 ming km
qattiq qoplamali. Dengiz transportining ahamiyati
katta. Asosiy porti Boku. Boku — Turkmanboshi
dengiz paromi mavjud. Kura daryosida kema
qatnaydi. Boku-Batumi va Ali-Bayramli — Boku
neft quvuri, Qoratogʻ — Akstafa, Qoratogʻ —
Sumgait gaz quvurlari bor. Bokuda metropoliten
qurilgan. Pul birligi — manat