SlideShare a Scribd company logo
1 of 16
Mavzu: Inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari
( 2 soat videodars)
REJA:
1. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta'lim jarayoniga
jalb qilishga oid qonun hujjatlari.
2. Imkoniyati cheklangan bolalarga (IChB) ta’lim-tarbiya
berishning psixologik jihatlari. Imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan
tadbirlar.
3. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda yuzaga
keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros –
bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik –bu bilimsizlikdir!”.
Sh. M. Mirziyoyev
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng
sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning
ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning
barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'limga ijtimoiy va
iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda.
Yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul
qilishga qodir bo‘lgan insonlar bugungi kun uchun zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida ta'lim soxasidagi
asosiy prinsiplar sifatida ta'lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ta'lim
olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, qonunning 9-moddasida esa “Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda
ta'lim oladi.” deb, ko‘rsatib o‘tilgan.
-Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”
-“Aqliy jihatdan orqada qolgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi”
-“Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi
-“Ta'lim hamma uchun” reja-dasturi to‘g‘risidagi Dakar deklaratsiyasi
-“Osiyo va Okeaniya mamlakatlari nogironlar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari
dasturi”
-“Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha Standart qoidalar”
-“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya.
Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentabrdan kuchga
kirgan yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni,
hamda 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5270-sonli Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-
son Farmoni, 2020-yil 13-oktabrda “Alohida ta'lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son
qarori va Qarorga 1-ilova sifatida qabul qilingan “2020-2025
yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish
KONSEPSIYASI va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
Inklyuziv ta'lim alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan
bir xil sharoitlarda o‘qishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda
jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishdir.
Inklyuziv ta'lim – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion –
uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirilgan, o‘ziga tortuvchi, qamrab oluvchi
ma'nolarini, lotinchada esa includ – qamrab olaman, jalb qilmoq, ya'ni alohida
e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf
etishdir.
Inklyuziv ta'lim – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalardan biridir.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan, voyaga yetayotgan o‘smirlar rivojlanishida
uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'i nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta'lim
tizimidir.
Inklyuziv ta'lim faoliyati dasturi
Ispaniyaning Salamanka shahrida
1994 yil 7-10 iyunda dunyoning 92
davlati va 25ta xalqaro tashkilot
vakillari ishtirokida maxsus
ehtiyojlar ta'limi Butunjahon
konferensiyasida “Salamanka
bayonoti” sifatida qabul qilingan.
. Unda hammaga: “Biz barcha
davlatlarni chorlaymiz va
murojaat qilamiz: inklyuziv ta'lim
tamoyilini qonun yoki islohot, deb
qabul qiling”, deb da'vat qilingan.
Umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga
ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar, o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy talablar
qo‘yiladi. Bunday ta'limda sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, kasbiy
mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni bajaradilar.
Sog‘lom bolalar bilan alohida e'tiborga muhtoj bolalar orasidagi tafovut o‘zidagi
jismoniy imkoniyatining cheklanganligi sababli o‘z tengdoshlariga qo‘shilmaslik,
tortinchoqlik, uyalgan yoki kamsitilgan ba'zilarining esa oilada haddan tashqari
avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘lib qolganliklari tufayli yuzaga keladi.
Yoshlarni zamonga mos intellektual inson bo‘lib
tarbiyalanishida Sharq allomalari va mutafakkirlarining qoldirgan
meroslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Imom al-Buxoriy
to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Termiziy o‘gitlari,
Yassaviy hikmatlari, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Mirzo
Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib va boshqalar yaratgan asarlarida
yoshlar tarbiyasiga doir qarashlarni keltirib o‘tganlar.
Ular yaratgan manbalardan ta'lim-tarbiya jarayonida
foydalanish muhimdir. Sharq allomalari va mutafakkirlarining bola
ta'lim-tarbiyasidagi qarashlaridan inklyuziv ta'limni
takomillashtirishda ham foydalanish mumkin.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun
ishlab chiqilgan va jamiyatga rejali asosda joriy
etilayotgan inklyuziv ta'lim o‘qishning uzluksiz va
muttasilligini ta'minlaydi.
Oila – bolalar bog‘chasi – maktab – kasb-hunar
kolleji – ish bilan ta'minlash – ushbu tizim kelajakda
ota-onalarga alohida e'tiborga muhtoj bolalarini
umumta'lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlariga
bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin
yaratadi.
Eng muhimi, alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar
jamiyatning teng a'zosi ekanliklarini his qilib yashaydilar.
Shunga muvofiq umumta'lim maktablarida inklyuziv
ta'limni psixologik-pedagogik jihatlarini o‘rganishda
inklyuziv ta'limning malaka talablari ishlab chiqilgan.
Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash.
Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Tarbiyasi qiyin
bolalar deganda ko‘pincha holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash nazoratchilari ro‘yxatida
hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, o‘g‘rilik va bezorilikka moyil
o‘quvchilar nazarda tutiladi.
Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik
ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning xulqida o‘zini biz xohlaganday tutmaslik holatlari
kuzatiladi.Tarbiyasi qiyin bolalar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga
nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishidir.
O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida
o‘z o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa
a'zolari bunday o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga
olishlari yaxshi natija berishi mumkin.
O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab
quvvatlamasligi yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va
giyohvandlik kabi salbiy holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat
yaratadi.
Natijada bola uchun kelajak rejalarining poymol bo‘lish xavfi
tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan o‘smir o‘z kelajagini,
orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga bog‘lashdan
ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa
kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli
bolalar to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan
xarakterga ega bo‘ladi.
Oilaviy sharoitning salbiy ta'siri
ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim
oilalarda bola uchun zaruriy
imkoniyatlar mavjud emasligi
sababli bola noxush holat bilan
doimo yolg‘iz kurash olib boradi.
O‘smir dunyosida oilaviy
sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan
norozilik hissi kundan kun avj olib,
ichki qo‘zg‘olonga aylanib boradi.
Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, ba'zi ota-
onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy dunyosiga salbiy
ta'sir ko‘rsatadi.
Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi:
1. Past. Xatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha
baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.
2. O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va
mehnatga qiziqmaslik. Pedagogik ta'sir choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda
unga amal qilmaslik.
3. Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovuzkor
bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “axloq normalari”ni oqlashga
urinadilar. Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar.
4. Kriminal. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq-
atvorini boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga
qarshilik ko‘rsatadilar. Hatti-harakatlarida tajovuzkorlik ko‘proq uchraydi.
Ular o‘zlarining huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “axloqiy
me'yorlar” bilan o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar.
O‘quvchi shaxsini individual psixologik
xususiyatlarini har tomonlama mukammal tahlil qilish
ularni o‘qitish va tarbiyalash samaradorligining muhim
shartlaridan biridir.
O‘quvchining ahloqiy rivojlanishi asosan uning
tevarak-atrofdagi kishilarga va atrofdagilarning unga
bo‘lgan o‘zaro munosabati bilan bog‘liqdir.
O‘qituvchilardan pedagogik jihatdan o‘z holiga
tashlab qo‘yilgan va tarbiyasi qiyin, huquqbuzarlik va
giyohvandlikka moyilligi bor, o‘zlashtirishi past bo‘lgan
o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini
bilishlari talab etiladi.
Amaliyotchi psixologlardan esa mavjud holatlarning
oldini olish va barataraf etish usullaridan samarali
foydalanishlari talab etiladi.

More Related Content

What's hot

1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx
1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx
1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptxAbduvaliKhushbokov
 
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptxFalsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptxAbduvokhidPirnazarov1
 
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...ZahroAbduraimova
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptxUMIDJONERGASHEV2
 
хаттама
хаттамахаттама
хаттамаAishabibi
 
Абраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptАбраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptssuserc17c371
 
гармонія людини і природи 2
гармонія людини і природи 2гармонія людини і природи 2
гармонія людини і природи 2ssusereb8bd0
 
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандарт
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандартНавчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандарт
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандартOlesya___
 
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimotiferghanasoft
 
мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5sanvia
 
ғылыми жұмыс
ғылыми жұмысғылыми жұмыс
ғылыми жұмысnurbolat84
 

What's hot (20)

1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx
1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx
1. Ilmiy maqolani yozish va rasmiylashtirish tartibi.pptx
 
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptxFalsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
 
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
 
Кабинет портфолиосы
Кабинет портфолиосыКабинет портфолиосы
Кабинет портфолиосы
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
 
баяндама
баяндамабаяндама
баяндама
 
Шоқан Уәлихан
Шоқан УәлиханШоқан Уәлихан
Шоқан Уәлихан
 
хаттама
хаттамахаттама
хаттама
 
Абраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptАбраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.ppt
 
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлаубаяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
 
1-mavzu.pptx
1-mavzu.pptx1-mavzu.pptx
1-mavzu.pptx
 
гармонія людини і природи 2
гармонія людини і природи 2гармонія людини і природи 2
гармонія людини і природи 2
 
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандарт
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандартНавчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандарт
Навчальна програма із зарубіжної літератури 10-11 клас Рівень стандарт
 
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
 
Musiqa 5 sinf
Musiqa 5 sinfMusiqa 5 sinf
Musiqa 5 sinf
 
мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5
 
Тәуелсіздік күніне арналған презентация
Тәуелсіздік күніне арналған презентацияТәуелсіздік күніне арналған презентация
Тәуелсіздік күніне арналған презентация
 
talim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptxtalim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptx
 
ғылыми жұмыс
ғылыми жұмысғылыми жұмыс
ғылыми жұмыс
 
М. Әуезов Абай жолы
М. Әуезов Абай жолыМ. Әуезов Абай жолы
М. Әуезов Абай жолы
 

Similar to NORTYfMJtu7S1XEjM9GOwfCDMbtmHp8fQFTxr3EN.pptx

Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.ppt
Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.pptXalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.ppt
Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.pptrkadirov772
 
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptxJOHNNYJOHNSON62
 
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiNasibaXaytbaeva1
 
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docx
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docxboshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docx
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docxDilshodYusufjonov
 
Family Psychology.pptx
Family Psychology.pptxFamily Psychology.pptx
Family Psychology.pptxMonaSwlm
 
Qodirjon.Pedagogika.pptx
Qodirjon.Pedagogika.pptxQodirjon.Pedagogika.pptx
Qodirjon.Pedagogika.pptxQodirjonGaniyev
 
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptx
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptxMotiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptx
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptxBiloldinSayfuddinov
 

Similar to NORTYfMJtu7S1XEjM9GOwfCDMbtmHp8fQFTxr3EN.pptx (10)

Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.ppt
Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.pptXalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.ppt
Xalqaro tajriba Rossiyada inklyuziv ta’lim.ppt
 
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx
9-mavzu. Tarbiya fani va uni o'qitish metodikasi.pptx
 
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
 
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docx
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docxboshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docx
boshlangich_sinf_oquvchilarni_bayon_ kurs ishi.docx
 
Family Psychology.pptx
Family Psychology.pptxFamily Psychology.pptx
Family Psychology.pptx
 
Qodirjon_Pedagogika
Qodirjon_PedagogikaQodirjon_Pedagogika
Qodirjon_Pedagogika
 
Qodirjon.Pedagogika.pptx
Qodirjon.Pedagogika.pptxQodirjon.Pedagogika.pptx
Qodirjon.Pedagogika.pptx
 
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptx
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptxMotiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptx
Motiv va motivatsiya_file_6316540a467c0.pptx
 
Pedagogika
PedagogikaPedagogika
Pedagogika
 
1.pdf
1.pdf1.pdf
1.pdf
 

NORTYfMJtu7S1XEjM9GOwfCDMbtmHp8fQFTxr3EN.pptx

  • 1. Mavzu: Inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari ( 2 soat videodars) REJA: 1. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlari. 2. Imkoniyati cheklangan bolalarga (IChB) ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan tadbirlar. 3. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.
  • 2. “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik –bu bilimsizlikdir!”. Sh. M. Mirziyoyev
  • 3. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'limga ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan insonlar bugungi kun uchun zarurdir.
  • 4. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida ta'lim soxasidagi asosiy prinsiplar sifatida ta'lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, qonunning 9-moddasida esa “Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta'lim oladi.” deb, ko‘rsatib o‘tilgan.
  • 5. -Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” -“Aqliy jihatdan orqada qolgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi” -“Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi -“Ta'lim hamma uchun” reja-dasturi to‘g‘risidagi Dakar deklaratsiyasi -“Osiyo va Okeaniya mamlakatlari nogironlar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari dasturi” -“Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha Standart qoidalar” -“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya.
  • 6. Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni, hamda 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5270-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712- son Farmoni, 2020-yil 13-oktabrda “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori va Qarorga 1-ilova sifatida qabul qilingan “2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish KONSEPSIYASI va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
  • 7. Inklyuziv ta'lim alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishdir. Inklyuziv ta'lim – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirilgan, o‘ziga tortuvchi, qamrab oluvchi ma'nolarini, lotinchada esa includ – qamrab olaman, jalb qilmoq, ya'ni alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishdir. Inklyuziv ta'lim – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalardan biridir. Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan, voyaga yetayotgan o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'i nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta'lim tizimidir.
  • 8. Inklyuziv ta'lim faoliyati dasturi Ispaniyaning Salamanka shahrida 1994 yil 7-10 iyunda dunyoning 92 davlati va 25ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida maxsus ehtiyojlar ta'limi Butunjahon konferensiyasida “Salamanka bayonoti” sifatida qabul qilingan. . Unda hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta'lim tamoyilini qonun yoki islohot, deb qabul qiling”, deb da'vat qilingan.
  • 9. Umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar, o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bunday ta'limda sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni bajaradilar. Sog‘lom bolalar bilan alohida e'tiborga muhtoj bolalar orasidagi tafovut o‘zidagi jismoniy imkoniyatining cheklanganligi sababli o‘z tengdoshlariga qo‘shilmaslik, tortinchoqlik, uyalgan yoki kamsitilgan ba'zilarining esa oilada haddan tashqari avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘lib qolganliklari tufayli yuzaga keladi.
  • 10. Yoshlarni zamonga mos intellektual inson bo‘lib tarbiyalanishida Sharq allomalari va mutafakkirlarining qoldirgan meroslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib va boshqalar yaratgan asarlarida yoshlar tarbiyasiga doir qarashlarni keltirib o‘tganlar. Ular yaratgan manbalardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish muhimdir. Sharq allomalari va mutafakkirlarining bola ta'lim-tarbiyasidagi qarashlaridan inklyuziv ta'limni takomillashtirishda ham foydalanish mumkin.
  • 11. Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqilgan va jamiyatga rejali asosda joriy etilayotgan inklyuziv ta'lim o‘qishning uzluksiz va muttasilligini ta'minlaydi. Oila – bolalar bog‘chasi – maktab – kasb-hunar kolleji – ish bilan ta'minlash – ushbu tizim kelajakda ota-onalarga alohida e'tiborga muhtoj bolalarini umumta'lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlariga bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi. Eng muhimi, alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar jamiyatning teng a'zosi ekanliklarini his qilib yashaydilar. Shunga muvofiq umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limni psixologik-pedagogik jihatlarini o‘rganishda inklyuziv ta'limning malaka talablari ishlab chiqilgan.
  • 12. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘pincha holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash nazoratchilari ro‘yxatida hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, o‘g‘rilik va bezorilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi. Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning xulqida o‘zini biz xohlaganday tutmaslik holatlari kuzatiladi.Tarbiyasi qiyin bolalar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishidir.
  • 13. O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a'zolari bunday o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi mumkin. O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak rejalarining poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan o‘smir o‘z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi.
  • 14. Oilaviy sharoitning salbiy ta'siri ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi sababli bola noxush holat bilan doimo yolg‘iz kurash olib boradi. O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga aylanib boradi. Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, ba'zi ota- onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy dunyosiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
  • 15. Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi: 1. Past. Xatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi. 2. O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va mehnatga qiziqmaslik. Pedagogik ta'sir choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik. 3. Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovuzkor bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “axloq normalari”ni oqlashga urinadilar. Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar. 4. Kriminal. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq- atvorini boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga qarshilik ko‘rsatadilar. Hatti-harakatlarida tajovuzkorlik ko‘proq uchraydi. Ular o‘zlarining huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “axloqiy me'yorlar” bilan o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar.
  • 16. O‘quvchi shaxsini individual psixologik xususiyatlarini har tomonlama mukammal tahlil qilish ularni o‘qitish va tarbiyalash samaradorligining muhim shartlaridan biridir. O‘quvchining ahloqiy rivojlanishi asosan uning tevarak-atrofdagi kishilarga va atrofdagilarning unga bo‘lgan o‘zaro munosabati bilan bog‘liqdir. O‘qituvchilardan pedagogik jihatdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va tarbiyasi qiyin, huquqbuzarlik va giyohvandlikka moyilligi bor, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini bilishlari talab etiladi. Amaliyotchi psixologlardan esa mavjud holatlarning oldini olish va barataraf etish usullaridan samarali foydalanishlari talab etiladi.