Ce diaporama a bien été signalé.
Le téléchargement de votre SlideShare est en cours. ×

Hakimzoda Niyoziy.pdf

Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Publicité
Chargement dans…3
×

Consultez-les par la suite

1 sur 20 Publicité

Plus De Contenu Connexe

Publicité

Hakimzoda Niyoziy.pdf

  1. 1. (1889-1929)
  2. 2. • Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-mart kuni Farg‘ona vodiysining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
  3. 3. OTA-ONASI • Hamzaning otasi Ibn Yamin mashhur tabib bo‘lgan. Shu sabab shoir o‘z taxallusiga Hakimzoda nomini qo‘shgan. • Onasining ismi Jahonbibi edi.
  4. 4. Ta’lim • Hamza dastlabki ta’limni shahardagi eski maktab va madrasalarda oldi, o‘sha paytda urf bo‘la boshlagan rus-tuzem maktabida rus tilini o‘rganishga harakat qildi. • Badiiy ijod sohasida uning dastlabki ustozlaridan biri tatar maorifchisi Abdulla To‘qmullin bo‘lgandi. Bu haqda keyinchalik adib shunday xotirlagan: • «Ul menim qo‘limda o‘z qalamim bilan yuz sahifadan ortig‘roq eski usuldagi yozishmalarimi ko‘rib, tarbiyag‘a kirishdi».
  5. 5. Ma’rifatchilik faoliyati • 1910-yilda Toshkentga kelgan Hamza ma’rifatchilik faoliyatini boshlaydi. • Bu yerda boshchiligidagi jadidlar — yangilik tarafdorlari safiga qo‘shiladi. Shaharning mahallasida usuli jadid maktabini tashkil qiladi.
  6. 6. D A R S L I K L A R • Hamza o‘zi ochgan maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni tajribalaridan kelib chiqib, bu o‘quv dargohlarida qo‘llash uchun darsliklar yozishga ham jiddiy e’tibor beradi. Uning «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari o‘quv qo‘llanmalari millat bolalarini savodli qilish ishiga munosib hissa qo‘shdi.
  7. 7. • Hamza dastlab «Nihoniy» («yashirin», «maxfiy» ma’nosida) taxallusi bilan mumtoz adabiyotimiz janrlarida ijod qildi. Qariyb o‘n yil davomida yaratgan she’riy asarlarini to‘plab, 1914-yilda ilk qo‘lyozma devonini «Devoni Nihoniy» nomi ostida jamladi. • Keyinchalik Niyoziy taxallusi bilan mashhur bo`ldi.
  8. 8. ASARLARI • 1915-1919-yillarda yozgan she’rlarini esa yettita to‘plam qiladi va ularga deb umumiy nom beradi. Bu majmuaga «Atir gul», «Oq gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Yashil gul», «Safsar gul» to‘plamlari kirgandi.
  9. 9. • 1914—1915-yillarda «Yangi saodat», «Uchrashuv» nomli «milliy romanlar» yaratdi. • 1914— 1916-yillar oralig‘ida «O‘ch», «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari», «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» singari kichik dramatik asarlar yaratdi.
  10. 10. • Uning o‘zbek milliy dramaturgiyasi rivojiga juda kuchli turtki bergan: • «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917); • «Kim to‘g‘ri», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi» (1918); • «Loshmon fojiasi» (3 bo‘limli, 1916-1918); «Farg‘ona fojiasi» (4 bo‘limli, 1919-1920) singari sahna asarlarida yakka inson va xalq taqdiri bilan bog‘liq muhim muammolar aks ettirildi.
  11. 11. • Adibning «Maysaraning ishi» komediyasi, «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasi (1926) nafaqat Hamza ijodiy merosi, balki o‘zbek dramaturgiyasining ham eng noyob namunalari hisoblanadi.
  12. 12. Hamza Shohimardonda 1929-yilning 18-avgustida toshbo‘ron qilib o‘ldirildi.
  13. 13. Hamza asarlarining xronologiyasi • 1914-1915- yil – “Yangi saodat”, “Uchrashuv” milliy roman; • 1915-1919-yillar - «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» • 1914-yil “Devoni Nihoniy” qo’lyozma-devon; • 1914-yil “O’ch” dramasi; • 1914-yil “Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi”; • 1915-yil “Qiroat kitobi”; • 1915-yil “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” drama; • 1916-1918-yil “Loshmon fojiasi” dramasi; • 1916-yil “Dardiga darmon istamas” she’r ; • 1916-yil “Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi” dramasi; • 1916-yil “Ochlik qurbonlari” dramasi; • 1917-yil “Muxtoriyat yoki avtonomiya”; • 1918-yil “Boy ila xizmatchi” dramasi; • 1918-yil “Kim to’g’ri”, “Tuhnatchilar jazosi”, “Boy ila xizmatchi” • 1918-yil “Tuhmatchilar jazosi”; • 1919-1920-yil “Farg’ona fojiasi” dramasi; • 1920-yil “Eshonlikka xiyonat” dramasi; • 1926-yil “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi” dramasi; • 1926-yil “Burungi saylovlar” ; • 1926-yil “Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi”; • 1927-yil “Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari”; • 1927-yil “O’zbek xotin-qizlariga” g’azal. ESLAB QOLING!
  14. 14. JONLARNI JONONI VATAN
  15. 15. • Ushbu qo`shiq «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi»ning uchinchi — «Qizil gul» bo‘limidan o`rin olgan. • Milliy xalq qo`zg`oloni vakillari Qamchinbeklar osilgach, Qo‘qondda marsiya sifatida aytiladigan ashulaning ohangidagi milliy she’rlar. • Asl xalq ohangida: Qamchin begim uv dedi, yo bir piyola suv dedi-yo, Dor tagiga olib borganda ichmay turib huv dedi-yo. • Ikki misrani bir kishi, naqarotli ikki misra jo`r bo`lib aytiladi.
  16. 16. Vatan, vatan der edilar, na der erdim bilmay ani, Endi bilsam Vatan erkon bu tanlar(n)ing shirin joni, Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan, Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
  17. 17. DARDIGA DARMON ISTAMAS… «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi»ning ikkinchi — «Oq gul» bo‘limidan o`rin olgan. “Do‘st Mavlon-ey” kuyi asosida aytiladi. Xalqona ohangi: Men bu yonga kelmas erdim, Yora kelturding maniyo! O‘tga solsa kuymas erdim, Yora kuydirding maniyo! Do‘st Mavlon-ey, ko‘nglim olloh sandadur.
  18. 18. Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas, Zulmat ichra kechsa umri mohi tobon istamas, Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida. Ko‘nglidur oshuftai lahv-u tarab, nafs-u havo, Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas, Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
  19. 19. • Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotidagi eng muhim voqealar to‘g‘risida so‘zlab bering. • Hamzaning ma’rifarparvar bo‘lib shakllanishiga nimalar sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz? • Uning qaysi dramatik asarini to‘liq tomosha qilgansiz? • «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» yaratilishining sababini tushundingizmi?

×