2. Mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy
qonuniyatlari.
Reja:
• Individ va shaxs tushunchasi.
• Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar.
• Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar
• Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari
3. • «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«boiinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik
turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida
harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli
harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib,
ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob
tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil
bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar
ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar
jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki
bosqichi hisoblanadi.Shaxs deganda, muayyan
jamiyatning a’zosi tushuniladi.
7. • Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga
olishdan iborat.
• Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga
bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim
ahamiyatga ega.
• Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki
natijasida shakllana boradi.
8. Odam tug’ilib
o’sadigan tashqi
ijtimoiy
muhitning ta’siri
Inson shaxsi asosan 3 ta
faktorlar ta’sirida tarkib
topadi
Odamga irsiy
yo’l bilan
o’tadigan irsiy
omillar
Odamga uzoq
muddat davomida
sistemali beriladigan
ijtimoiy ta’lim -
tarbiya
10. • SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan
taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turadi.
• Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash
tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
• Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va
ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda
tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning
bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan
rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish
huquqni kafolatlaydi
11. Shaxs rivojlanishining muxim xususiyatlari
Shaxsning rivojlanishi individning fiziologik, ruhiy va intellectual o’sishini ta’minlovchi
faoliyat, xatti – harakatlarning miqdor va sifat jihatdan o’zgarishini ifodalovchi jarayon
Shaxsning rivojlanganlik darajasini belgilovchi holatlar: uning fiziologik, ruhiy va
intellectual o’sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti – harakatlarning miqdor va sifat jihatdan
o’zgarishi.
12. • SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi
munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom
etmoqda.
14. • Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson
sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum
mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini
ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
• Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu
insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya
kerak, degan g’oyani ifodalaydi.
15. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar.
• Biologik yondashuv
• Ijtimoiy yondashuv
• Psixologik yondashuv
• Yaxlit yondashuv
17. • SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali
amalga oshiriladi.
• Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar
hosil bo’ladi.
• Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs
kamolga yetadi.
• Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish
mumkin.
• To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
19. • Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh
davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik
xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh
xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi.
SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
20. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi
davrlarga bo’linadi:
• Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
• Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
• Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
• Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
• O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
• Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.