Publicité
Publicité

Contenu connexe

Publicité

Abdulhamid cho’lponning “kecha va kunduz” romani 2021

  1. ABDULHAMID CHO’LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANI Bajardi:
  2.  O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Yunusov — Cho’lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bo’lgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li (1874-1929) dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug’ullangan.
  3. Cho`lpon XX asr o`zbek adabiyotining eng mashhur namoyondalaridandir Uning hayotiy va ijodiy faoliyati adabiyotimizning eng yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U badiiy ijodning deyarli hamma turi bilan faol shug`ullanadi. Shuningdek, yangi o`zbek she`riyatining asoschisi bo`lib tarixga kirdi.
  4.  Taniqli jurnalist, yozuvchi va o’qituvchi Mo’minjon Muhammadjonovning (Mo’min kofir) «Turmush urinishlari» kitobida qayd etishicha, Cho’lponning otasi Sulaymonqul o’z davrining yetuk ziyolisi, ma’rifatparvar kishisi bo’lgan. U «Rasvo» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Mistik g’azallar qatori hayotbaxsh misralar yaratib, «Devon» ham tuzgan.
  5.  Cho’lpon avval eski maktabda, so’ngra esa Avdijon va Toshkentdagi obro’li madrasalarda tahsil olib, turk, arab, fors tillarini mukammal o’zlashtiradi. Sharq ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Abdulla To’qay kabi buyuk so’z san’atkorlari ijodini mehr bilan o’rganadi. Shu bilan birga, Andijondagi rus-tuzem maktabida rus tilini chuqur o’zlashtirishi natijasida jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni chog’da Turkistonda 1905 yillarda kamol topa boshlagan ma’rifatparvarlik yo’nalishi ta’sirida shakllana bordi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi atoqli ma’rifat targ’ibotchilari va tashkilotchilariga ergashdi, ma’rifatchi adib bo’lib shakllandi.
  6.  Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho’lpon (Tong yulduzi) taxallus bilan ijod qila boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o’z xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo’shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» kabi mahalliy ro’znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho’ro» nomli oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho’lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro’znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabl bo’lib xizmat etdi.
  7. SHE'RIYTO'PLAMLARI:  “Uyg'onish” (1922);  “Buloqlar” (1923);  “O'zbek yosh shoirlari” (1923);  “Go'zal yozg'ichlar” (1925);  “Adabiyot parchalari” (1926) ;  “Tong sirlari” (1926);  “Soz” (1935);  “Jo`r” - oxirgi to’plami, nashr etilmay qolgan.  “Yana oldim sozimni” (1991).
  8. Pyesalari  1928-yil - “O’rtoq Qarshiboyev”;  1921-yil - “Yorqinoy”;  1921-yil – “O‘ldiruvchi”;  1922-yil - «Sevgi va saltanat» ;  1922-yil – “Cho‘pon sevgisi”;  1928-yil - “Hujum” (Rus yozuvchisi V.Yan bilan);  1921-yil - “Halil farang”;  1926-yil - “Cho`rining isyoni”;  “Qorovul uyqusi”;  “Yana uylanaman“;  “Uzunquloq bobo"  “Mushtumzo'r“…
  9. Ocherk va hikoyalari OCHERKLARI:  “Yo‘l esdaligi”;  “Vayronalar orasidan” ocherklari… HIKOYALAR:  “Oydin kechalarda”;  “Qor qo'ynida lola“;  “Novvoy qiz”;  “Oq podshoning in’omi”;  “Gavharoy”…
  10. Mumtoz tarjimonlik - «Boris Godunov», «Dubrovskiy»; - «Cho‘ri qiz»; - «Million», «Feruza»; - «Gubernator», «Osilgan etti kishining hikoyasi»; - «Qochoq»; - «Ilgaklar», «Ona» kabi asarlarni ham tarjima qildi.
  11.  Millat baxti uchun jonini tikkan jasur o'g'lon, buyuk iste'dod egasi bo'lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi.  Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.
  12. Mutaxasislarning aniqlashlaricha "Sadoiy Turkiston" ning 1914 yil 29 aprel sonida chop etilgan Cho`lpon adabiyotning juda ko`p va tur janrlarida samarali ijod etgan bo`lsada, shoir sifatida ko`proq shuhrat topdi. "Qurboni jaholat" hikoyasi Cho`lponning birinchi nasriy asaridir.
  13. U ijod etgan taxalluslar: Abdulhamid Sulaymoniy Qalandar Mirzaqalandar Cho`lpon
  14. 1921 yilda Buxorada yozilgan "Xalq" she`rida birinchidan, xalqning buyuk kuch ekanliginiyaxshi anglaydi Ikkinchidan, o`lkaning ozod bo`lib. mustaqillik olishini uning istagi hisoblaydi Uchinchidan, ijod ahlini uning bilan hamisha birga bo`lishga, o`zi aytmoqchi " quchoq ochib xalq ichiga" kirishga undaydi Muallif
  15. Cho`lpon tabiati lirik shoir bolsadasiyosiy va ijtimoiy mazmun bilan yo`g`rilgan she`rlarni ko`proq yozdi Ko`ngi l Kishan Vijdon erki Kurash
  16. Cho`lpon "Mushtumzo`r" pyesasida: kollektivlashtirish davrining fojeali sahifalarini o`sha yillarning talablaridan kelib chiqqan holda badiiy aks ettirilgan "O`rtoq Karimboyev"da esa xotin - qizlar ozodligi uchun olib borilgan kurash lavhalarini chizishga katta e`tibor beradi.
  17. Cho`lpon lirikasining asosiy mavzusi mavjud ijtimoiy tuzumga nisbatan isyondir Uning ishqiy she`rlarida esa soch obrazi muhim ma`no tashiydi Shoir she`rlaridagi qor obrazi esa mustamlakichi davlatning, tuzumning ramzidir
  18. "Kecha va kunduz" romandan parcha 1935 yilda "Sovet adabiyoti" jurnalida e`lon qilingan edi. Asar nomlanishidan ma`lum bo`lgandek, yaqin o`tmishni mavzu qilib olgan. Muallif xalqimiz tarixining kechasi va kunduzini ko`rsatmoqni niyat qilgan edi 1936 -yilda u alohida kitob bo`lib bosilib chiqdi Asarda XX asr boshidagi Turkiston hayoti, turg`unlik va tutqunlikda mudragan o`lkadagi uyg`onish lavhalari qalamga olinadi Romanning bosh g`oyasi, asosan, maishiy turmush manzaralari, an`anaviy kundalik mojarolari va yangi davrga xos bo`lgan xususiyatlar chunonchi kapitalistik munosabatlar va "burjua axloqi" - deb atalgan, islomiy turmush tarzidan uzoq fe`l odatlar tasviri yordamida ifodalanadi
  19. "Kecha va kunduz" romanida nopok va nodon maishatparast hamda ma`naviy tuban mingboshi Akbarali, mamlakat va xalq boshiga balo bo`lgan mustamlakachi amaldor Noyib to`ra obrazlari ham muhim o`rin egallaydi. Bular vositasida birinchi jahon urushi davridagi chor va mahalliy amaldorlar hamda tadbirkoru ishbilarmon larning ichki va tashqi dunyosi, ularning xalq va mamlakat manfaatiga zid xatti - harakatlari fosh etilgan. Roman shudjeti qiziqarli va ta`sirli bo`lganidek, u badiiy tuzilish jihatidan ham yuksak san`at namunasidir
  20.  Cho’lpon “Kecha va Kunduz” romanini 1935-1937-yillarda yaratgan. Bu roman o’zbek millatining badiiyatda aks etgan solnomasidir.  Romanda aks ettirilgan voqea 1-jahon urushi endigina boshlangan kezlarda O’zbekistondagi viloyatlardan birida bo’lib o’tadi.
  21.  Romandagi qahramonlardan birining: “Biz yaqindagina eshon to’poloni bo’lib o’tgan joydan uncha olisda emasmiz” degan so’zlariga qarab, voqea Andijon viloyatining Dukchi eshon qo’zg’aloni bo’lib o’tgan Marhamat tumaniga yaqin bir joyda bo’lib o’tgan deb aytishimiz mumkin.
  22.  Bu davr o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm ostida ezilgan davri edi. Mahalliy boylar bu davrda rus mustamlakachilari bilan og’iz - burun o’pishib, o’z xalqining tarixiy taraqqiyoti haqida emas, uni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qoloqlikdan xalos etish to’g’risida emas, balki o’zlarining rohat-farog’atlari, moddiy farovonliklari haqidagina jon kuyuntirishar edi! Feodal tuzum va mustamlakachilik sharoitida xalq to’g’risida o’ylovchi, uning qiyin, mashaqqatli hayotini yaxshilash haqida qayg’uradigan biron siyosiy kuch mavjud emas edi. Yozuvchi ana shu tarixiy davrni badiiy tasvir va tahlil etish maqsadida asarni yozgan. Bu voqea Zebi timsolida ochib berishga qaratilgan.
  23.  “Kecha va Kunduz” romaninig markazida Zebi, Akbarali, Miyoqub turadi, ularning o’zaro munosabatlari, to’qnashuvlari, taqdirlari roman syujetining asosini tashkil etadi.
  24.  Cho’lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko’rsatadi. Uning tomirlarida navqironlik jo’sh uradi, ko’nglida esa tevarak- atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga, bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat hokim! U hali hayotning achchiq-chuchugini ko’rmagan. Zebining murg’ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig’dira olmaydi.
  25.  Zebi 4 devor ichida kishini erksiz qiluvchi havolardan nafas olib ulg’aydi. U ko’proq otasidan qo’rqadi.  Otasi Razzoq so’fi o’z uyining qabristonlar qadar jim-jit bo’lishini istaydi. U xotin-halaj oldida til qaldiratishni ravo ko’rmaydi.  Zebini hayotsevar qilgan omillardan bittasi – uning jarangdor ovozi.  Zebida o’zbek ayollariga xos fazilatlarjamlangan. U poklik, go’zallik, tozalik va navqironlik timsoli.
  26.  Akbarali-mingboshi, belida kumush kamar, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor demaydi.  Cho’lpon Akbarali obrazi orqali mustamlaka Turkistondagi idora usulini, to’ralar va mahalliy amaldorlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi ko’rsatgan ko’rsatgan.
  27.  Romandagi Miryoqub – ancha murakkab obraz. U aslida savodsiz, gazetalardan bexabar, dunyo ishlariga ko’p ham qiziqtirmaydigan, rus tilim ham tuzuk- quruq bilmaydi. Shunga qaramay, ishning ko’zim biladigan o’ta tadbirkor odam. Shuning uchun “Epaga” degan laqab orttirgan. U aralashgan ish bilmay qolmaydi. Pul topish yo’llarini yaxshi biladi.
  28.  “Kecha va kunduz” hayotiyligi va samimiyligi bilan, mazmunining teranligi bilan, qahramonlar xarakterining butunligi va to’kisligi bilan umrboqiy asarlar sirasiga mansub.
  29. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Publicité