O’zbek adabiyotining atoqli
namoyandalaridan biri Abdulhamid
Sulaymon o’g’li Yunusov —
Cho’lpon 1897 yilda Andijonning
«Qatorterak» mahallasida ziyoli
oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy
bekasi bo’lgan. Otasi Sulaymonqul
mulla Muhammad Yunus o’g’li
(1874-1929) dehqonchilik,
hunarmandchilik, bazzozlik bilan
shug’ullangan.
Cho`lpon XX asr o`zbek
adabiyotining eng mashhur
namoyondalaridandir
Uning hayotiy va ijodiy faoliyati
adabiyotimizning eng yorqin
sahifalaridan birini tashkil qiladi.
U badiiy ijodning deyarli hamma turi
bilan faol shug`ullanadi. Shuningdek,
yangi o`zbek she`riyatining asoschisi
bo`lib tarixga kirdi.
Taniqli jurnalist, yozuvchi va
o’qituvchi Mo’minjon
Muhammadjonovning (Mo’min
kofir) «Turmush urinishlari»
kitobida qayd etishicha,
Cho’lponning otasi Sulaymonqul
o’z davrining yetuk ziyolisi,
ma’rifatparvar kishisi bo’lgan. U
«Rasvo» taxallusi bilan she’rlar
yozgan. Mistik g’azallar qatori
hayotbaxsh misralar yaratib,
«Devon» ham tuzgan.
Cho’lpon avval eski maktabda, so’ngra
esa Avdijon va Toshkentdagi obro’li
madrasalarda tahsil olib, turk, arab,
fors tillarini mukammal o’zlashtiradi.
Sharq ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan
oziqlanadi. Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz,
Dehlaviy, Nizomiy, Umar Hayyom,
Alisher Navoiy, Abdulla To’qay kabi
buyuk so’z san’atkorlari ijodini mehr
bilan o’rganadi. Shu bilan birga,
Andijondagi rus-tuzem maktabida rus
tilini chuqur o’zlashtirishi natijasida
jahon adabiyoti durdonalari bilan
yaqindan tanishish imkoniyatiga ega
bo’ladi. Ayni chog’da Turkistonda
1905 yillarda kamol topa boshlagan
ma’rifatparvarlik yo’nalishi ta’sirida
shakllana bordi. Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi atoqli
ma’rifat targ’ibotchilari va
tashkilotchilariga ergashdi, ma’rifatchi
adib bo’lib shakllandi.
Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan
boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar»,
«Mirzaqalandar», «Andijonlik» va
nihoyat Cho’lpon (Tong yulduzi)
taxallus bilan ijod qila boshladi. U ham
shoir, ham nosir, ham dramaturg
sifatida o’z xalqi adabiyoti ravnaqiga
salmoqli hissa qo’shdi. Uning dastlabki
asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi
Farg’ona» kabi mahalliy ro’znomalarda,
shuningdek, Orenburgda chiqadigan
«Sho’ro» nomli oynomada ham nashr
etiladi. Xususan, Cho’lponning
«Ishtirokiyun», «Qizil bayroq»,
«Turkiston» hamda «Buxoro axbori»
kabi ro’znomalardagi faoliyati ham
uning ijodiy shakllanishida mahorat
maktabl bo’lib xizmat etdi.
Millat baxti uchun jonini tikkan
jasur o'g'lon, buyuk iste'dod egasi
bo'lgan adib 1937- yilning
14- iyulida qamoqqa olinadi.
Davrining bir guruh asl
farzandlari qatori 1938- yilning
4- oktabrida otib tashlanadi.
Mutaxasislarning aniqlashlaricha
"Sadoiy Turkiston" ning 1914 yil
29 aprel sonida chop etilgan
Cho`lpon adabiyotning juda
ko`p va tur janrlarida samarali
ijod etgan bo`lsada, shoir
sifatida ko`proq shuhrat topdi.
"Qurboni jaholat" hikoyasi
Cho`lponning birinchi nasriy
asaridir.
1921 yilda Buxorada
yozilgan "Xalq" she`rida
birinchidan, xalqning
buyuk kuch
ekanliginiyaxshi
anglaydi
Ikkinchidan, o`lkaning
ozod bo`lib. mustaqillik
olishini uning istagi
hisoblaydi
Uchinchidan, ijod ahlini
uning bilan hamisha
birga bo`lishga, o`zi
aytmoqchi " quchoq
ochib xalq ichiga"
kirishga undaydi
Muallif
Cho`lpon lirikasining
asosiy mavzusi
mavjud ijtimoiy
tuzumga nisbatan
isyondir
Uning ishqiy
she`rlarida esa soch
obrazi muhim ma`no
tashiydi
Shoir she`rlaridagi
qor obrazi esa
mustamlakichi
davlatning,
tuzumning ramzidir
"Kecha va kunduz"
romandan parcha 1935
yilda "Sovet adabiyoti"
jurnalida e`lon qilingan
edi.
Asar nomlanishidan ma`lum
bo`lgandek, yaqin o`tmishni mavzu
qilib olgan.
Muallif xalqimiz tarixining kechasi va
kunduzini ko`rsatmoqni niyat qilgan
edi
1936 -yilda u alohida
kitob bo`lib bosilib chiqdi
Asarda XX asr boshidagi Turkiston
hayoti, turg`unlik va tutqunlikda
mudragan o`lkadagi uyg`onish
lavhalari qalamga olinadi
Romanning bosh g`oyasi, asosan,
maishiy turmush manzaralari,
an`anaviy kundalik mojarolari va
yangi davrga xos bo`lgan
xususiyatlar chunonchi kapitalistik
munosabatlar va "burjua axloqi" -
deb atalgan, islomiy turmush tarzidan
uzoq fe`l odatlar tasviri yordamida
ifodalanadi
"Kecha va kunduz" romanida nopok va
nodon maishatparast hamda ma`naviy
tuban mingboshi Akbarali, mamlakat va
xalq boshiga balo bo`lgan
mustamlakachi amaldor Noyib to`ra
obrazlari ham muhim o`rin egallaydi.
Bular vositasida birinchi jahon urushi
davridagi chor va mahalliy amaldorlar
hamda tadbirkoru ishbilarmon larning ichki
va tashqi dunyosi, ularning xalq va
mamlakat manfaatiga zid xatti - harakatlari
fosh etilgan.
Roman shudjeti qiziqarli va ta`sirli
bo`lganidek, u badiiy tuzilish jihatidan
ham yuksak san`at namunasidir
Cho’lpon “Kecha va Kunduz”
romanini 1935-1937-yillarda yaratgan.
Bu roman o’zbek millatining badiiyatda
aks etgan solnomasidir.
Romanda aks ettirilgan voqea 1-jahon
urushi endigina boshlangan kezlarda
O’zbekistondagi viloyatlardan birida
bo’lib o’tadi.
Romandagi qahramonlardan birining:
“Biz yaqindagina eshon to’poloni bo’lib
o’tgan joydan uncha olisda emasmiz”
degan so’zlariga qarab, voqea Andijon
viloyatining Dukchi eshon qo’zg’aloni
bo’lib o’tgan Marhamat tumaniga yaqin
bir joyda bo’lib o’tgan deb aytishimiz
mumkin.
Bu davr o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm ostida
ezilgan davri edi. Mahalliy boylar bu davrda rus
mustamlakachilari bilan og’iz - burun o’pishib, o’z
xalqining tarixiy taraqqiyoti haqida emas, uni
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qoloqlikdan xalos etish
to’g’risida emas, balki o’zlarining rohat-farog’atlari,
moddiy farovonliklari haqidagina jon kuyuntirishar
edi! Feodal tuzum va mustamlakachilik sharoitida
xalq to’g’risida o’ylovchi, uning qiyin, mashaqqatli
hayotini yaxshilash haqida qayg’uradigan biron
siyosiy kuch mavjud emas edi. Yozuvchi ana
shu tarixiy davrni badiiy tasvir va tahlil etish
maqsadida asarni yozgan. Bu voqea Zebi
timsolida ochib berishga qaratilgan.
“Kecha va Kunduz” romaninig markazida
Zebi, Akbarali, Miyoqub turadi, ularning
o’zaro munosabatlari, to’qnashuvlari,
taqdirlari roman syujetining asosini tashkil
etadi.
Cho’lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi
xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim
belgi sifatida ko’rsatadi. Uning tomirlarida
navqironlik jo’sh uradi, ko’nglida esa tevarak-
atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga,
bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat
hokim! U hali hayotning achchiq-chuchugini
ko’rmagan. Zebining murg’ak qalbi dunyoda
razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini
sig’dira olmaydi.
Zebi 4 devor ichida kishini erksiz qiluvchi
havolardan nafas olib ulg’aydi. U ko’proq
otasidan qo’rqadi.
Otasi Razzoq so’fi o’z uyining qabristonlar qadar
jim-jit bo’lishini istaydi. U xotin-halaj oldida til
qaldiratishni ravo ko’rmaydi.
Zebini hayotsevar qilgan omillardan bittasi –
uning jarangdor ovozi.
Zebida o’zbek ayollariga xos fazilatlarjamlangan.
U poklik, go’zallik, tozalik va navqironlik timsoli.
Akbarali-mingboshi, belida kumush kamar,
yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof
choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor
demaydi.
Cho’lpon Akbarali obrazi orqali
mustamlaka Turkistondagi idora usulini,
to’ralar va mahalliy amaldorlar o’rtasidagi
munosabatlarni yaxshi ko’rsatgan
ko’rsatgan.
Romandagi Miryoqub – ancha murakkab
obraz. U aslida savodsiz, gazetalardan
bexabar, dunyo ishlariga ko’p ham
qiziqtirmaydigan, rus tilim ham tuzuk-
quruq bilmaydi. Shunga qaramay, ishning
ko’zim biladigan o’ta tadbirkor odam.
Shuning uchun “Epaga” degan laqab
orttirgan. U aralashgan ish bilmay
qolmaydi. Pul topish yo’llarini yaxshi biladi.
“Kecha va kunduz” hayotiyligi va
samimiyligi bilan, mazmunining teranligi
bilan, qahramonlar xarakterining butunligi
va to’kisligi bilan umrboqiy asarlar sirasiga
mansub.