SlideShare une entreprise Scribd logo
1  sur  5
Télécharger pour lire hors ligne
Mavzu: O‘zbek xalq musiqa ijodidagi musiqa namunalarini notaga olish
Reja:
1. Kirish.
2. O'zbekistonda nota yozuvi tarixi
3. Usul.
4. Uslubiy tavsiyalar
O'zbek musiqa merosi tarixiga oid ma'lumotlarni qidirish, to'plash va notaga
yozib olib, ilmiy-nazariy o'rganish, amaliy o'zlashtirish hamda shu soha
mutaxassislariga yetkazish ishlari so'nggi yillarda sezilarli darajada jonlanib
bormoqda.
O'zbek xalqining o'z ildizlari bilan qadim qadim zamonlarga borib taqaladigan
boy musiqa merosi bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o'zining xalq ijodi
(ya'ni folьklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg'u asarlari
— dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi.
O'zbek musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning orzu-
umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning
ifodasi sifatida gavdalanadi. O'zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi,
janrlarga boyligi va tuttan o'rnining hilma-xilligi ham ana shu bilan bog'liqtsir.
O'zbek qo'shiq-ashulalari va cholg'u musiqasi janrlari o'z funktsiyasi va turmushda
tutgan o'rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
Birinchisi — ma'lum vaqt yoki ma'lum muddat sharofatidagina ijro etiladigan
ashulalar va cholg'u kuylari. Bular: oilaviy marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari,
allalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg'u
kuylaridir.
Ikkinchisi — istalgan vaqtda har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula-
qo'shiq va cholg'u kuylari. Ularga: lapar, yalla, ashula, qo'shiq, cholg'u kuylari va
dostonchilik kuylari kiradi.
Har bir guruh o'ziga xos xarakterli belgilarga ega.
Masalan: ijro etilishi ma'lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi
guruh ashula-qo'shiq janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat
bilan bog'liq bo'lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi.
Darhaqiqat, yuqori professional bilim saviyasiga ega bo'lgan ashula va raqs
ansambli rahbarlarini tarbiyalab yetishtirish, ularning bilimini oshirish, yetuk
mutaxassislik kasbini olish masalasi hozirgi kunning dolzarb muammolaridan
hisoblanadi.
Ushbu qo'llanmadan xalq musiqasi namunalari, shuningdek bastakorlar
ijodiga oid ayrim namunalar o'rin oldi. O'zbek xalq musiqasiga oid qo'lyozma —
nota to'plamlarida ijro xususiyatlarini ixtisoslashtirib, kuy va ashulalarni to'laqonli
aks etgirish borasida talaygina ijobiy tajriba yig'ilgan. Ammo o'quv repertuariga
mo'ljallangan, bevosita ijro xususiyatlariga yaqin keladigan nota nashrlari yetarli
emas.
O'zbekistonda nota yozuvi tarixi
IX — XII asrlar sharq musiqasi madaniyati tarixida juda boy meros
qoldirdi. Bu davrda ko'plab musiqa risolalari yaratilib, ular o'zining mazmuni va
salmog'i jihatdan jahon xalqlari musiqa nazariyasi taraqqiyotida juda katta
ahamiyatga ega bo'ldi. Sharq musiqasiga bag'ishlangan risolalardan ma'lum
bo'lishicha, olimlar nota yozuvlari yaratish ustida bir necha bor urinib ko'rganlar.
Natijada XIII asrda nota yozuvi yaratishga muvaffaq bo'lindi. Bu yozuv sistemasi
sharq olimlarining IX— XIII asrlar davomida musiqa nazariyasi ustida olib borgan
ishlarining natijasi mahsuli bo'ldi. Dastlab Abu Nasr Farobiy musiqa yozuvi
yaratishga harakat qilib ko'rdi. Bu jihatdan uning «Kitobul musiqiy al-kabir» asarida
keltirgan jadvali xarakterlidir. Bu jadvalda tovushqatorlarning turli hillari
joylashtirilgan bo'lib, ular hozirgi kunda ashulachilarning ovoz texnikasini oshirish
uchun musiqa o'quv yurtida qo'llaniladigan vokalizlarni eslatadi. Lekin Al
Farobiyning jadvali cholg'u asboblari va sozandalar mashg'ulotlari uchun
mo'ljallangan edi. Bu jadval besh qismdan iborat. Unda yigirma olti hil tovushqator
gammalari berilgan bo'lib, ularning Hobit va Soid tovushqatorlarning o'rta
pog'onalaridan boshlanadigan harakat muhtamil iboralari bilan ataladi. Muhtamil
bo'lganda tovushqator yuqoriga ham pastga ham harakat etishi mumkin. Roje'
qaytarma — harakat, Muttasil — to'xtovsiz harakat, Tafir — sakrama harakat,
Maxall — tovushqatorning biror pog'onasida ushlanib qoladigan harakat, lohiq —
yondosh tovushlarning birin-ketin keladigan vaqtdagi harakati, Mutavotir —
takroriy harakatlarni ifodalaydi. Bu harakat turli jadvaldagi tovushqatorlardan
ma'lum bo'ladi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, jadvaldagi tovushqator pog'onalari ud
pardalariga qo'yiladigan harflar bilan ifodalangan.
Ibn Sino Al Farobiyning musiqiy estetik qarashlarini yanada yuqori bosqichga
ko'tardi. Ibn Sino kabi ko'pgina boshqa olimlarning musiqa asarlarida nota
yozuvining boshlang'ich belgilari, ifodalari mavjud bo'lgan bilan, hali ularni nota
yozuvchi bilan tenglashtirib bo'lmasdi. Bu ishni mashhur musiqa olimi Safiuddin
Al-Urmaviy XII asr ohiriga yetkazdi. U Sharq musiqa nazariyasiga, nota yaratish
ishiga o'zining buyuk hissasini qo'shdi va notaning bir necha namunalarini ixtiro
etdi. Al-Urmaviyning nota yozuvlarini — ham ud va o'sha davrda qo'llanilgan ritm
o'lchovlari vositasi bilangina tasavvur etish mumkin. Al-Urmaviyning birinchi nota
yozuvi sistemasi harfli notatsiya edi. Olimning katta xizmati shuki, oddiy harflar,
doira usuli va sonlar vositasi bilan o'quvchilarga notatsiyani o'qish imkonini yaratib
berdi. Xullas, kuyning doira usuli orqali avval uni to'g'ri topish tovush balandligi
ifodasi bo'lgan harflar ostidagi raqamlar funktsiyasini to'g'ri aniqlash kuyni o'g'ish
uchun muhimdir. Al-Urmaviyning tabulaturasidagi ba'zi elementlar XIX asrning
ikkinchi yarmida olim, shoir va bast- kor Komil Xorazmiy kashf etgan tanbur nota
sistemasida ham uchrat- di. Komil Xorazmiyning notatsiyasida tovushlar balandligi
tanburning o'n sakkiz pardasiga moslab ishlangan bo'lsa Al-Urmaviyning nota
sistemasi ud soziga moslangan edi. Bu ikki sistemada nuqtalar qo'yilishida ba'zi
farqlar bo'lishiga qaramay, ikkala notatsiyada ham uch qo'shaloq nuqtalar
mavjudligi kishini hayron qoldirdi. Lekin qo'shaloq nuqtalar Al-Urmaviyda
gorizontal, Xorazmiy notasida esa vertikal joylashtirilgan.
Al-Urmaviyning nota yozuvlari sirini, ma'nosini ochishda musiqashunos olim
T.B. G'ofurbekov bu haqtsa shunday yozadi: «Sharq Sarlinosi» — nomini olgan
Urmaviy harflar, raqamlar va shunga o'xshash belgilarni o'zida mujassam etgan
tabulatura yozuvi yordamida ilk bor o'z zamonasining (XIII asr) musiqa merosiga
doir bastakor namunalarni og'zaki an'anaviy sharoitda muhrlab qolishga muyassar
bo'ldi».
Musiqashunos O. Matyoqubov ushbu tanbur yozuvining asosiy tamoyilla- rini
quyidagicha ta'riflaydi: Tanburning o'n sakkiz pardasiga ko'ra, o'n sakkiz chiziq
olinadi va ularni osti - ustiga nuqtalar qo'yiladi. Nuqtalar noxun zarblarining
mikdorini bildirib boradi. Chiziq ustidagi nuqga yuqoridan, ostidagisi esa pastdan
uriladigan zarblarni anglatadi. Ba'zan esa nuqgalarning joylashuvi ayrim ritmik
shakllarga qiyos qilina- di. Pauzalar — o (sukun) belgisi bilan beriladi. Nota yozuvi
o'ngdan chapga qarab o'qiladi... Tanbur chizig'ida Komil Xorazmiy maqomlarning
ayrim qismlarini yoza boshlagan. Uning o'g'li va shogirdi Muhammad Rasul Mirzo
(1840—?) Xorazm maqomlarini to'laligicha yozib olgan».
O'zbek xalq musiqa ijodini to'plash va notaga yozib olishda musiqashunos
olimlar V.A. Uspenskiy, Ye.E. Romanovskaya, I.A. Akbarov, N.N. Mironov, F.
Karomatov, Yu. Rajabiy, M. Yusupov nomlarini alohida qayd qilib o'tish zarurdir.
Bu o'rnida o'zbek musiqasining ustoz bilimdoni, bastakor, mashhur sozanda va
xonanda, akademik Yunus Rajabiyning xizmatlari buyukdir. U mashaqqatli mehnati
va fidoiyligi ila musiqiy boyligimizning barcha qirralarini notaga yozib olishga
muyassar bo'ldi. 1955—1959 yillarda nashr etilgan «O'zbek xalq musiqasi» (I.
Akbarov tahririda) besh jildlik to'plamlar majmuasiga kiritilgan musiqa merosimiz
avlodlar uchun ulkan xazinaga aylandi.
1959 yilda Yunus Rajabiyning tashabbusi bilan O'zbekiston radiosi qoshida
maqomchilar ansabli tashkil etildi. Ansambl ijrosida klassik (mumtoz) musiqamiz
— maqomlar keng ko'lamda to'laligicha magnit tasmasiga yozib olindi. Maqom
ansambli bilan fidoyi ishlashi natijasida Yunus Rajabiy Shashma- qomning yangi
nashrini tayyorladi. 1966—1974 yillarda oltita Shashmaqom kitobi G'ofur G'ulom
nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida (F.M. Karomatov tahririda) chop etildi.
Mazkur kitoblarga izoh beruvchi uning «Musiqa merosimizga bir na- zar» (1978)
asari maqomlarning ijro uslublarini o'rganishda muhim qo'llanmadir.
Musiqiy merosimizni notaga yozib olishda ulkan hissa qo'shgan Xorazm musiqasini
yaxshi biluvchi bastkor, sozanda va xonanda, fidoyi san'at- kor Matniyoz
Yusupovning xizmatlari bebahodir. U Xorazm maqomlari, ashula va kuylari, doston
kuylari va xarflarini notaga yozib nashrdan chiqardi. Uning tomonidan yozib olingan
musiqa asarlari xalq musiqiy san'atini o'rganish ishiga qo'shilgan samarali katta
hissadir.
Musiqashunos olim maqom asarlarini amaliy va nazariy jihatdan yoritib
bergan san'atshunoslik doktori Isxoq Rajabovning tadqiqotlari sozandalar va
xonandalar uchun dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda.
Bo'lajak milliy ijrochilar ham musiqiy merosimiz zebi-zabarlarini, qonuniyatlarini
chuqur bilishlari, musiqiy asarlarni chuqur tahlil qila olishlari o'z ijrochiligiga tadbiq
qilishni amalda qo'llaganlaridagina kasbiy maqsadlarga erishishlari mumkin.
Shuningdek, tajribali hamda savodxon hofiz va sozandalar mavjud notalarga
ijodiy yondashgan holda og'zaki an'analarning eng ahamiyatli tomonlariny cholg'u
va ashula asarla- ri imkoniyatlaridan kelib chiqib, ijro etayotgan asarlarini turli
qo'shimcha vositalar (zarblar, bezaklar, tembrlar, surat, dinamika va h.k.) yordamida
gavdalantiradilar.
O'zbek musiqashunoslik ilmiga ulkan hissa qo'shgan, taniqli olim
san'atshunoslik doktori, professor F.M. Karomatovning yozishicha «Sharqning
ko'pgina xalqlari kabi o'zbeklar o'tmish avlodning musiqa san'atida professionalizm
eramizning birinchi asrlaridayoq vujudga keldi va asrlar davomida takomillasha
borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg'u musiqa janrlarida ham yuksak
badiiy natijalarga erishdi. Agar professional musiqachilar bizning asrimizgacha
amalda nota yozuvini qo'llashmadi. O'zbek professional musikasining barcha
murakkab namunalari og'zaki an'anada keng tarqalib keldi. Shuning uchun ham biz
uni og'zaki an'anadagi professional musiqa deb ataymiz».
Shuningdek F. M. Karomatovning «O'zbek xalq musiqa merosi» 1—2 kitob
G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1978—1983 y., «Узбекская
домбровая музика» T. 1962 y., «Узбекская инструментальная музыка»
(наследие) T. 1972 y., К истории записи музыкального фольклора» —
Вопросы музыкальной культуры Узбекистана. Вып. 2. T., 1969 y., «O'zbek
musiqasi tarixi» (Toshkent, O'qituv- chi, 1981 y. 57—66 b.) kitoblari o'zbek xalq
musiqasi ijodini o'rganishda muhim qo'llanma hisoblanadi.
Usul.
Usul — o'zbek xalq musiqasining eng muhim ifodaviy vositasi bo'lib, u zarbli
cholg'ular (doira, nog'ora), qayroq, safail va b.da ijro etiladi. Shu boisdan usul zarbli
cholg'ularda ijro etiladigan muayyan o'zgarmas ritm tuzilmalaridir.
Usullar vositasida qo'shiqlarga, cholg'u kuyi, raqs kuylari va raqslarga jo'r
bo'linadi. Usul odatda ikki tovush asosiga qurilgan bo'ladi. Bular «bak» va «bum»
deb ataladilar. «Bak» tovushi deyali baland bo'lib, u doiraning gardishi (chetki
qismi) tomon zarb berilishidan hosil bo'lsa «bum» tovushi doiraning o'rta qismiga
zarb tovushidan yuzaga keladi va u «bak» tovushiga nisbatan quyi (past) tovush
hisoblanadi. Usullarni notalar vositasida ham yozish mumkin. Buning uchun bir
chiziqli nota yozuv tizimidan foydalaniladi.
Uslubiy ko'rsatmalar
Xalq musiqalarini notalashtirish fani xalq musiqasi merosini chuqur o'rganib,
uning ijro uslublari, usul sanog'lari kuy o'lchovi, qo'shiqlarning shaklan tuzilishi va
nota qochirimlarini o'ziga xos ijro yo'llarini o'rganishdir. Bunla musiqa fol'klorini
badiiy tomonini to'g'ri tanlash ham talabaning estetik, ma'naviy zavqini va bilim
saviyasini oshiradi. Xalq kuy va qo'shiqlarini notaga yozib olish uchun eng kerakli
shart sharoit va doimiy folьklorchilik ekspeditsiyalarining o'z vaqtida tashkil etilishi
hamda maxsus ilmiy-metodik qo'llanmalar va zarur texnika asboblari xonalarini
mavjud bo'lishidir.
Xalq musiqalarini notalashtirish fanining asosiy tayanch negizlaridan biri
qog'ozga tushiriladigan asarning sifatli ijrosidir. Uni mukammal to'g'ri chiqishi
yaxshi ijro va texnik jihatdan sifatli yozib olinganligiga bog'liqdir.
Notaga yozib olingan kuy va ashulalarni amaliy o'rganish, musiqiy tahlil qilish,
ijrochi qaysi xalq cholg'u asbobini qo'llagan bo'lsa xuddi shu cholg'uning o'ziga xos
sadolanish imkoniyatini o'rganish zarur.
Talabalar notalashtirish fanini o'rganish jarayonida ovoz yozib oluvchi
texnika vositalarining turlari bilan tanishishlari va ularni bevosita boshqara olish
ko'nikmalarini egallashlari shart. Shuningdek nota osti yozuvi, ya'ni so'z bo'g'inlarini
notalar tagida qanday ifodalanishini o'rganish, fanning bosh mezonlaridan
hisoblanadi. Bundan tashqari doira usullari, takt sanog'lariga, o'zgaruvchan sur'at va
usullarga alohida e'tibor berish kerak. Ushbu shartlarga o'quv jarayonida qat'iy rioya
qilishni talabalardan doimo talab qilib turish kerak.
Bu borada o'qituvchi va talaba tomonidan notalashtirilgan kuy, qo'shiq va
ashulalarni diqqat bilan tekshirib, ijro etib turishlari maqsadga muvofiqdir.
Tabiiyki notaga yozib olingan kuy, qo'shiq va ashulalarning musiqiy tahlili ishning
sifat darajasini belgilaydi. Ular quyidagicha ifodalanadi:
— kuy, qo'shiq va ashulalarning janr xususiyatlari;
— musiqiy asarlarning mazmun jihatdan tavsifnomasi;
— notaga yozib olingan asarlarning usul va o'lchov xususiyatlari;
— musiqiy asarlarning ohang yo'nalishi bo'yicha lad xususiyatlari;
— kuy, qo'shiq va ashulalarning hududiy ijro uslublari.

Contenu connexe

Tendances

INDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATIONINDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATIONAbhishek Mewada
 
Humayun and Sher Shah Suri
Humayun and  Sher Shah SuriHumayun and  Sher Shah Suri
Humayun and Sher Shah Surithemassmaker
 
Harappan civilization
Harappan civilizationHarappan civilization
Harappan civilizationSoham
 
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi LaYirFan
 
THE HARAPPAN CIVILISATION
THE HARAPPAN CIVILISATIONTHE HARAPPAN CIVILISATION
THE HARAPPAN CIVILISATIONHitarth9
 
Advent of islam and impacts in the indian subcontinent
Advent of islam and impacts in the indian subcontinentAdvent of islam and impacts in the indian subcontinent
Advent of islam and impacts in the indian subcontinentHassan BilaL
 
Ppt on mughal empire
Ppt on mughal empirePpt on mughal empire
Ppt on mughal empireAsmitaPal
 
History freedom movement of pakistan
History freedom movement of pakistanHistory freedom movement of pakistan
History freedom movement of pakistanDiya Khan
 
Weather, climate and adaptations of animals class-7
Weather, climate and adaptations of animals class-7Weather, climate and adaptations of animals class-7
Weather, climate and adaptations of animals class-7Ravi Prakash
 
Definition, Aims, Scope and Relevance of Archaeology
Definition, Aims, Scope and Relevance of ArchaeologyDefinition, Aims, Scope and Relevance of Archaeology
Definition, Aims, Scope and Relevance of ArchaeologyBanaras Hindu University
 
harappan civilization
harappan civilizationharappan civilization
harappan civilizationkhyatu
 

Tendances (20)

INDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATIONINDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATION
 
Humayun and Sher Shah Suri
Humayun and  Sher Shah SuriHumayun and  Sher Shah Suri
Humayun and Sher Shah Suri
 
Harappan civilization
Harappan civilizationHarappan civilization
Harappan civilization
 
The delhi sultanate 2
The delhi sultanate 2The delhi sultanate 2
The delhi sultanate 2
 
INDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATIONINDUS VALLEY CIVILIZATION
INDUS VALLEY CIVILIZATION
 
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi
Ali Shariati.docx by Irfan Haider Khairvi
 
THE HARAPPAN CIVILISATION
THE HARAPPAN CIVILISATIONTHE HARAPPAN CIVILISATION
THE HARAPPAN CIVILISATION
 
Advent of islam and impacts in the indian subcontinent
Advent of islam and impacts in the indian subcontinentAdvent of islam and impacts in the indian subcontinent
Advent of islam and impacts in the indian subcontinent
 
Physical features of pakistan
Physical features of pakistanPhysical features of pakistan
Physical features of pakistan
 
Ppt on mughal empire
Ppt on mughal empirePpt on mughal empire
Ppt on mughal empire
 
Indian History-The HUNS of India
Indian History-The HUNS of IndiaIndian History-The HUNS of India
Indian History-The HUNS of India
 
History freedom movement of pakistan
History freedom movement of pakistanHistory freedom movement of pakistan
History freedom movement of pakistan
 
Gupta Empire
Gupta EmpireGupta Empire
Gupta Empire
 
Aryans
AryansAryans
Aryans
 
Mohenjo daro
Mohenjo daroMohenjo daro
Mohenjo daro
 
Weather, climate and adaptations of animals class-7
Weather, climate and adaptations of animals class-7Weather, climate and adaptations of animals class-7
Weather, climate and adaptations of animals class-7
 
History project
History projectHistory project
History project
 
Definition, Aims, Scope and Relevance of Archaeology
Definition, Aims, Scope and Relevance of ArchaeologyDefinition, Aims, Scope and Relevance of Archaeology
Definition, Aims, Scope and Relevance of Archaeology
 
Pakistan movement
Pakistan movementPakistan movement
Pakistan movement
 
harappan civilization
harappan civilizationharappan civilization
harappan civilization
 

Similaire à 01_O‘zbek_xalq_musiqa_ijodidagi_musiqa_namunalarini_notaga_olish.pdf

12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptxUMIDJONERGASHEV2
 
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiTadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiferghanasoft
 
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.doc
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.docMavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.doc
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.docQurbonbekQulmirzayev
 
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodiDars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodiferghanasoft
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaNafisa Aslonova
 

Similaire à 01_O‘zbek_xalq_musiqa_ijodidagi_musiqa_namunalarini_notaga_olish.pdf (7)

ShXMM mustaqil ish.docx
ShXMM mustaqil ish.docxShXMM mustaqil ish.docx
ShXMM mustaqil ish.docx
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
 
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysiTadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
Tadbir: Alisher Navoiy tavalludi tadbiri senariysi
 
Shamsroy
ShamsroyShamsroy
Shamsroy
 
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.doc
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.docMavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.doc
Mavzu_ Oʻzbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lugʻatla-hozir.org.doc
 
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodiDars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
 

01_O‘zbek_xalq_musiqa_ijodidagi_musiqa_namunalarini_notaga_olish.pdf

  • 1. Mavzu: O‘zbek xalq musiqa ijodidagi musiqa namunalarini notaga olish Reja: 1. Kirish. 2. O'zbekistonda nota yozuvi tarixi 3. Usul. 4. Uslubiy tavsiyalar O'zbek musiqa merosi tarixiga oid ma'lumotlarni qidirish, to'plash va notaga yozib olib, ilmiy-nazariy o'rganish, amaliy o'zlashtirish hamda shu soha mutaxassislariga yetkazish ishlari so'nggi yillarda sezilarli darajada jonlanib bormoqda. O'zbek xalqining o'z ildizlari bilan qadim qadim zamonlarga borib taqaladigan boy musiqa merosi bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o'zining xalq ijodi (ya'ni folьklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg'u asarlari — dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. O'zbek musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning orzu- umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O'zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va tuttan o'rnining hilma-xilligi ham ana shu bilan bog'liqtsir. O'zbek qo'shiq-ashulalari va cholg'u musiqasi janrlari o'z funktsiyasi va turmushda tutgan o'rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi. Birinchisi — ma'lum vaqt yoki ma'lum muddat sharofatidagina ijro etiladigan ashulalar va cholg'u kuylari. Bular: oilaviy marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari, allalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg'u kuylaridir. Ikkinchisi — istalgan vaqtda har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula- qo'shiq va cholg'u kuylari. Ularga: lapar, yalla, ashula, qo'shiq, cholg'u kuylari va dostonchilik kuylari kiradi. Har bir guruh o'ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan: ijro etilishi ma'lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo'shiq janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog'liq bo'lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, yuqori professional bilim saviyasiga ega bo'lgan ashula va raqs ansambli rahbarlarini tarbiyalab yetishtirish, ularning bilimini oshirish, yetuk mutaxassislik kasbini olish masalasi hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Ushbu qo'llanmadan xalq musiqasi namunalari, shuningdek bastakorlar ijodiga oid ayrim namunalar o'rin oldi. O'zbek xalq musiqasiga oid qo'lyozma — nota to'plamlarida ijro xususiyatlarini ixtisoslashtirib, kuy va ashulalarni to'laqonli
  • 2. aks etgirish borasida talaygina ijobiy tajriba yig'ilgan. Ammo o'quv repertuariga mo'ljallangan, bevosita ijro xususiyatlariga yaqin keladigan nota nashrlari yetarli emas. O'zbekistonda nota yozuvi tarixi IX — XII asrlar sharq musiqasi madaniyati tarixida juda boy meros qoldirdi. Bu davrda ko'plab musiqa risolalari yaratilib, ular o'zining mazmuni va salmog'i jihatdan jahon xalqlari musiqa nazariyasi taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sharq musiqasiga bag'ishlangan risolalardan ma'lum bo'lishicha, olimlar nota yozuvlari yaratish ustida bir necha bor urinib ko'rganlar. Natijada XIII asrda nota yozuvi yaratishga muvaffaq bo'lindi. Bu yozuv sistemasi sharq olimlarining IX— XIII asrlar davomida musiqa nazariyasi ustida olib borgan ishlarining natijasi mahsuli bo'ldi. Dastlab Abu Nasr Farobiy musiqa yozuvi yaratishga harakat qilib ko'rdi. Bu jihatdan uning «Kitobul musiqiy al-kabir» asarida keltirgan jadvali xarakterlidir. Bu jadvalda tovushqatorlarning turli hillari joylashtirilgan bo'lib, ular hozirgi kunda ashulachilarning ovoz texnikasini oshirish uchun musiqa o'quv yurtida qo'llaniladigan vokalizlarni eslatadi. Lekin Al Farobiyning jadvali cholg'u asboblari va sozandalar mashg'ulotlari uchun mo'ljallangan edi. Bu jadval besh qismdan iborat. Unda yigirma olti hil tovushqator gammalari berilgan bo'lib, ularning Hobit va Soid tovushqatorlarning o'rta pog'onalaridan boshlanadigan harakat muhtamil iboralari bilan ataladi. Muhtamil bo'lganda tovushqator yuqoriga ham pastga ham harakat etishi mumkin. Roje' qaytarma — harakat, Muttasil — to'xtovsiz harakat, Tafir — sakrama harakat, Maxall — tovushqatorning biror pog'onasida ushlanib qoladigan harakat, lohiq — yondosh tovushlarning birin-ketin keladigan vaqtdagi harakati, Mutavotir — takroriy harakatlarni ifodalaydi. Bu harakat turli jadvaldagi tovushqatorlardan ma'lum bo'ladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, jadvaldagi tovushqator pog'onalari ud pardalariga qo'yiladigan harflar bilan ifodalangan. Ibn Sino Al Farobiyning musiqiy estetik qarashlarini yanada yuqori bosqichga ko'tardi. Ibn Sino kabi ko'pgina boshqa olimlarning musiqa asarlarida nota yozuvining boshlang'ich belgilari, ifodalari mavjud bo'lgan bilan, hali ularni nota yozuvchi bilan tenglashtirib bo'lmasdi. Bu ishni mashhur musiqa olimi Safiuddin Al-Urmaviy XII asr ohiriga yetkazdi. U Sharq musiqa nazariyasiga, nota yaratish ishiga o'zining buyuk hissasini qo'shdi va notaning bir necha namunalarini ixtiro etdi. Al-Urmaviyning nota yozuvlarini — ham ud va o'sha davrda qo'llanilgan ritm o'lchovlari vositasi bilangina tasavvur etish mumkin. Al-Urmaviyning birinchi nota yozuvi sistemasi harfli notatsiya edi. Olimning katta xizmati shuki, oddiy harflar, doira usuli va sonlar vositasi bilan o'quvchilarga notatsiyani o'qish imkonini yaratib berdi. Xullas, kuyning doira usuli orqali avval uni to'g'ri topish tovush balandligi ifodasi bo'lgan harflar ostidagi raqamlar funktsiyasini to'g'ri aniqlash kuyni o'g'ish uchun muhimdir. Al-Urmaviyning tabulaturasidagi ba'zi elementlar XIX asrning
  • 3. ikkinchi yarmida olim, shoir va bast- kor Komil Xorazmiy kashf etgan tanbur nota sistemasida ham uchrat- di. Komil Xorazmiyning notatsiyasida tovushlar balandligi tanburning o'n sakkiz pardasiga moslab ishlangan bo'lsa Al-Urmaviyning nota sistemasi ud soziga moslangan edi. Bu ikki sistemada nuqtalar qo'yilishida ba'zi farqlar bo'lishiga qaramay, ikkala notatsiyada ham uch qo'shaloq nuqtalar mavjudligi kishini hayron qoldirdi. Lekin qo'shaloq nuqtalar Al-Urmaviyda gorizontal, Xorazmiy notasida esa vertikal joylashtirilgan. Al-Urmaviyning nota yozuvlari sirini, ma'nosini ochishda musiqashunos olim T.B. G'ofurbekov bu haqtsa shunday yozadi: «Sharq Sarlinosi» — nomini olgan Urmaviy harflar, raqamlar va shunga o'xshash belgilarni o'zida mujassam etgan tabulatura yozuvi yordamida ilk bor o'z zamonasining (XIII asr) musiqa merosiga doir bastakor namunalarni og'zaki an'anaviy sharoitda muhrlab qolishga muyassar bo'ldi». Musiqashunos O. Matyoqubov ushbu tanbur yozuvining asosiy tamoyilla- rini quyidagicha ta'riflaydi: Tanburning o'n sakkiz pardasiga ko'ra, o'n sakkiz chiziq olinadi va ularni osti - ustiga nuqtalar qo'yiladi. Nuqtalar noxun zarblarining mikdorini bildirib boradi. Chiziq ustidagi nuqga yuqoridan, ostidagisi esa pastdan uriladigan zarblarni anglatadi. Ba'zan esa nuqgalarning joylashuvi ayrim ritmik shakllarga qiyos qilina- di. Pauzalar — o (sukun) belgisi bilan beriladi. Nota yozuvi o'ngdan chapga qarab o'qiladi... Tanbur chizig'ida Komil Xorazmiy maqomlarning ayrim qismlarini yoza boshlagan. Uning o'g'li va shogirdi Muhammad Rasul Mirzo (1840—?) Xorazm maqomlarini to'laligicha yozib olgan». O'zbek xalq musiqa ijodini to'plash va notaga yozib olishda musiqashunos olimlar V.A. Uspenskiy, Ye.E. Romanovskaya, I.A. Akbarov, N.N. Mironov, F. Karomatov, Yu. Rajabiy, M. Yusupov nomlarini alohida qayd qilib o'tish zarurdir. Bu o'rnida o'zbek musiqasining ustoz bilimdoni, bastakor, mashhur sozanda va xonanda, akademik Yunus Rajabiyning xizmatlari buyukdir. U mashaqqatli mehnati va fidoiyligi ila musiqiy boyligimizning barcha qirralarini notaga yozib olishga muyassar bo'ldi. 1955—1959 yillarda nashr etilgan «O'zbek xalq musiqasi» (I. Akbarov tahririda) besh jildlik to'plamlar majmuasiga kiritilgan musiqa merosimiz avlodlar uchun ulkan xazinaga aylandi. 1959 yilda Yunus Rajabiyning tashabbusi bilan O'zbekiston radiosi qoshida maqomchilar ansabli tashkil etildi. Ansambl ijrosida klassik (mumtoz) musiqamiz — maqomlar keng ko'lamda to'laligicha magnit tasmasiga yozib olindi. Maqom ansambli bilan fidoyi ishlashi natijasida Yunus Rajabiy Shashma- qomning yangi nashrini tayyorladi. 1966—1974 yillarda oltita Shashmaqom kitobi G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida (F.M. Karomatov tahririda) chop etildi. Mazkur kitoblarga izoh beruvchi uning «Musiqa merosimizga bir na- zar» (1978) asari maqomlarning ijro uslublarini o'rganishda muhim qo'llanmadir.
  • 4. Musiqiy merosimizni notaga yozib olishda ulkan hissa qo'shgan Xorazm musiqasini yaxshi biluvchi bastkor, sozanda va xonanda, fidoyi san'at- kor Matniyoz Yusupovning xizmatlari bebahodir. U Xorazm maqomlari, ashula va kuylari, doston kuylari va xarflarini notaga yozib nashrdan chiqardi. Uning tomonidan yozib olingan musiqa asarlari xalq musiqiy san'atini o'rganish ishiga qo'shilgan samarali katta hissadir. Musiqashunos olim maqom asarlarini amaliy va nazariy jihatdan yoritib bergan san'atshunoslik doktori Isxoq Rajabovning tadqiqotlari sozandalar va xonandalar uchun dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda. Bo'lajak milliy ijrochilar ham musiqiy merosimiz zebi-zabarlarini, qonuniyatlarini chuqur bilishlari, musiqiy asarlarni chuqur tahlil qila olishlari o'z ijrochiligiga tadbiq qilishni amalda qo'llaganlaridagina kasbiy maqsadlarga erishishlari mumkin. Shuningdek, tajribali hamda savodxon hofiz va sozandalar mavjud notalarga ijodiy yondashgan holda og'zaki an'analarning eng ahamiyatli tomonlariny cholg'u va ashula asarla- ri imkoniyatlaridan kelib chiqib, ijro etayotgan asarlarini turli qo'shimcha vositalar (zarblar, bezaklar, tembrlar, surat, dinamika va h.k.) yordamida gavdalantiradilar. O'zbek musiqashunoslik ilmiga ulkan hissa qo'shgan, taniqli olim san'atshunoslik doktori, professor F.M. Karomatovning yozishicha «Sharqning ko'pgina xalqlari kabi o'zbeklar o'tmish avlodning musiqa san'atida professionalizm eramizning birinchi asrlaridayoq vujudga keldi va asrlar davomida takomillasha borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg'u musiqa janrlarida ham yuksak badiiy natijalarga erishdi. Agar professional musiqachilar bizning asrimizgacha amalda nota yozuvini qo'llashmadi. O'zbek professional musikasining barcha murakkab namunalari og'zaki an'anada keng tarqalib keldi. Shuning uchun ham biz uni og'zaki an'anadagi professional musiqa deb ataymiz». Shuningdek F. M. Karomatovning «O'zbek xalq musiqa merosi» 1—2 kitob G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1978—1983 y., «Узбекская домбровая музика» T. 1962 y., «Узбекская инструментальная музыка» (наследие) T. 1972 y., К истории записи музыкального фольклора» — Вопросы музыкальной культуры Узбекистана. Вып. 2. T., 1969 y., «O'zbek musiqasi tarixi» (Toshkent, O'qituv- chi, 1981 y. 57—66 b.) kitoblari o'zbek xalq musiqasi ijodini o'rganishda muhim qo'llanma hisoblanadi. Usul. Usul — o'zbek xalq musiqasining eng muhim ifodaviy vositasi bo'lib, u zarbli cholg'ular (doira, nog'ora), qayroq, safail va b.da ijro etiladi. Shu boisdan usul zarbli cholg'ularda ijro etiladigan muayyan o'zgarmas ritm tuzilmalaridir. Usullar vositasida qo'shiqlarga, cholg'u kuyi, raqs kuylari va raqslarga jo'r bo'linadi. Usul odatda ikki tovush asosiga qurilgan bo'ladi. Bular «bak» va «bum» deb ataladilar. «Bak» tovushi deyali baland bo'lib, u doiraning gardishi (chetki
  • 5. qismi) tomon zarb berilishidan hosil bo'lsa «bum» tovushi doiraning o'rta qismiga zarb tovushidan yuzaga keladi va u «bak» tovushiga nisbatan quyi (past) tovush hisoblanadi. Usullarni notalar vositasida ham yozish mumkin. Buning uchun bir chiziqli nota yozuv tizimidan foydalaniladi. Uslubiy ko'rsatmalar Xalq musiqalarini notalashtirish fani xalq musiqasi merosini chuqur o'rganib, uning ijro uslublari, usul sanog'lari kuy o'lchovi, qo'shiqlarning shaklan tuzilishi va nota qochirimlarini o'ziga xos ijro yo'llarini o'rganishdir. Bunla musiqa fol'klorini badiiy tomonini to'g'ri tanlash ham talabaning estetik, ma'naviy zavqini va bilim saviyasini oshiradi. Xalq kuy va qo'shiqlarini notaga yozib olish uchun eng kerakli shart sharoit va doimiy folьklorchilik ekspeditsiyalarining o'z vaqtida tashkil etilishi hamda maxsus ilmiy-metodik qo'llanmalar va zarur texnika asboblari xonalarini mavjud bo'lishidir. Xalq musiqalarini notalashtirish fanining asosiy tayanch negizlaridan biri qog'ozga tushiriladigan asarning sifatli ijrosidir. Uni mukammal to'g'ri chiqishi yaxshi ijro va texnik jihatdan sifatli yozib olinganligiga bog'liqdir. Notaga yozib olingan kuy va ashulalarni amaliy o'rganish, musiqiy tahlil qilish, ijrochi qaysi xalq cholg'u asbobini qo'llagan bo'lsa xuddi shu cholg'uning o'ziga xos sadolanish imkoniyatini o'rganish zarur. Talabalar notalashtirish fanini o'rganish jarayonida ovoz yozib oluvchi texnika vositalarining turlari bilan tanishishlari va ularni bevosita boshqara olish ko'nikmalarini egallashlari shart. Shuningdek nota osti yozuvi, ya'ni so'z bo'g'inlarini notalar tagida qanday ifodalanishini o'rganish, fanning bosh mezonlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari doira usullari, takt sanog'lariga, o'zgaruvchan sur'at va usullarga alohida e'tibor berish kerak. Ushbu shartlarga o'quv jarayonida qat'iy rioya qilishni talabalardan doimo talab qilib turish kerak. Bu borada o'qituvchi va talaba tomonidan notalashtirilgan kuy, qo'shiq va ashulalarni diqqat bilan tekshirib, ijro etib turishlari maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki notaga yozib olingan kuy, qo'shiq va ashulalarning musiqiy tahlili ishning sifat darajasini belgilaydi. Ular quyidagicha ifodalanadi: — kuy, qo'shiq va ashulalarning janr xususiyatlari; — musiqiy asarlarning mazmun jihatdan tavsifnomasi; — notaga yozib olingan asarlarning usul va o'lchov xususiyatlari; — musiqiy asarlarning ohang yo'nalishi bo'yicha lad xususiyatlari; — kuy, qo'shiq va ashulalarning hududiy ijro uslublari.